Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Referatning tuzilishi. Unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
1. Agar sarlavha aniq berilmagan bo‘lsa, mavzusi, ishning
maqsadi ko‘rsatiladi.
2. Ishni o‘tkazishning usuli va metodologiyasi.
3. Ishning natijasi (aniq va axborotlashgan ma’lumot beriladi,
yangi natijalar, uning ahamiyati, muhim kashfiyotlar va ixtirolar
beriladi).
4. Natijalardan foydalanish sohasi.
5. Xulosalar.
6. Qo‘shimcha axborot (tashkilot nomi, birinchi darajali hujjat
muallifi, muallif haqida ma’lumotlar, avval nashr qilingan
asarlariga yo‘llanma) beriladi.
Referatlash quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Òanishish uchun o‘qib chiqish, hujjatning dastlabki tahlili.
2. Diqqat bilan o‘qish, chuqur tahlil.
3. Referat turini aniqlash.
4. Referat tuzilishini aniqlash.
5. Axborotni sintez qilish.
6. Referatni belgilangan qoidaga ko‘ra rasmiylashtirish.
Referatlash metodikasi o‘ziga xos, unda markerlar — hujjat
mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi so‘zlar, so‘z birikmalari,
indikatorlar — hujjatda muallif fikrining rivojlanishini, ketma-
ketligini ko‘rsatuvchi keng qo‘llaniladigan so‘z birikmalari,
hujjatni  bosqichma-bosqich tahlil qilishning reja-maketi, har
qanday bilim sohasiga oid adabiyotlarni referatlash uchun zarur
universal va hujjatning ixtisoslashgan xususiyatiga asoslangan
referatlash va hujjat mazmunini sharhlashning o‘ziga xos usulidan
foydalaniladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir
axborot-kutubxona resursi haqida iste’molchilarga, talabgorlarga
axborot berish vazifasini bajarayotgan bibliograf har bir
bibliografik elementlarni mukammal bilishi, uni o‘z o‘rnida ishlata
olishi zarur.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling