Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
Annotatsiyalash. Annotatsiyadagi elementlar to‘plami biblio-
grafik tavsifning to‘laligiga, bibliografik axborotning qay darajada tayyorlanganligiga va annotatsiyaning turiga bog‘liq. Ma’lu- motnoma annotatsiyasida tavsifdan tushib qolgan sarlavhani aniqlovchi elementlar, faktik yoki qo‘shimcha, hujjatning ahamiyati va mazmuni, shakli va janri, tuzilishi va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumotlar beriladi. Òavsiya annotatsiyasida elementlarning har biriga vazifasiga ko‘ra tushuntirish beriladi. Muallif haqidagi ma’lumotda hayoti va ijodining asosiy sanalari, u yashagan davrga qisqa ta’rif, kasbi, mashhur asarlari, yozilish tarixi, joyi, sabablari, uning nashr etilishi, manbalari haqida ma’lumot beriladi. Asarning ilmiy va badiiy qimmatiga ta’rif berayotganda uning ijtimoiy ahamiyati, unga bag‘ishlangan taqriz va referatlarga yo‘llanma, fan va madaniyat arboblarining unga bergan bahosi eslatiladi. Annotatsiyaning asosiy elementi uning mazmuni haqidagi ma’lumotdir. Annotatsiyada muallif e’tiboridagi sarlavha, mavzu, asosiy masalalar yoritiladi, aks ettirilgan asosiy voqea va masalalarga o‘rin beriladi, asarning asosiy ahamiyatli xusu- siyatlari, shu mavzudagi boshqa asarlardan farqi haqida aytiladi. O‘quv, ma’lumotnoma, ilmiy-ommabop nashrlar annotatsiya- sida bo‘limlar mazmunini to‘la bermasdan, shunchaki nomlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Materialni berishda uning qay darajada izohlanganini, qisqa yoki to‘la, ommabop yoki ilmiy tilda, jonli, qiziqarli yoki, aksincha, quruq berilganini ko‘rsatish lozim, shuningdek, badiiy uslubi ham ko‘rsatiladi. Kitobxonlik guruhiga ko‘ra maqsadini ko‘rsatishda asarning ilmiy, o‘quv, ishlab-chiqarish faoliyatidagi va mustaqil bilim olishdagi o‘rni ko‘rsatiladi. Badiiy-poligrafik va tahririy-nashriy bezatilishi 24 haqidagi ma’lumot illustratsiyalar soni, ularning mazmuni, ahamiyati, chizmalar, badiiy bezaklardan iborat. Bundan tashqari, annotatsiyada ma’lumot-qidiruv apparati, kitob ichi bibliografiyalari haqida ham axborot berish lozim. Annotatsiyalash mas’uliyatli jarayon bo‘lib, quyidagicha bosqichma-bosqich olib boriladi: 1. Asar matnini tahlil qilish; 2. Qo‘shimcha manbalarni o‘rganish; 3. Asar mohiyatini ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash; 4. Annotatsiyani badiiy tahrir qilish va rasmiylashtirish. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling