Bibliografiya lat p65


A. A. Semyonov boshchiligida „Turkiston


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

A. A. Semyonov boshchiligida „Turkiston
to‘plami“ning tuzilishi
 1910- yildan „Turkiston to‘plami“ni tuzishni bibliograf
A. A. Semyonov 1916- yil oxirigacha davom ettirdi. A. A. Sem-
yonov 1888- yildan keyin chiqqan to‘plamlarning oldin tushirib
qoldirgan muhim materiallarni yig‘ish bilan shug‘ullandi.
„Turkiston to‘plami“ning Òoshkent davridagi mazmuni keskin
o‘zgardi, 544 jilddan butunlay boshqa rejada tuzila boshlandi.
„Turkiston to‘plami“ning bu davri, — deb yozadi O‘zbekis-
tonning taniqli kitobshunos-bibliografi E. K. Betger, — haqli ra-
vishda „Semyonov davri“ deb ataladi“.
1906- yil iyul oyidan boshlab Òurkiston xalq kutubxonasi


84
nazorat qo‘mitasining a’zosi bo‘lib kelgan A. A. Semyonov bu
kutubxonaning ilmiy ishida faol qatnashdi. „A. A. Semyonovga
„Turkiston to‘plami“ni tuzishga boshchilik qilishning top-
shirilishi, — deb yozadi Y. K. Betger, — eng oliyjanob ishdir,
chunki Òoshkentda undan boshqa hech bir kishi bu ishga
Semyonovchalik tayyor emas edi“.
XX asr boshlariga kelib, ijtimoiy-siyosiy ahvol o‘zgardi:
gazetalar soni ko‘paydi, ayrim gazetalar o‘zining ilgarigi mavqeyini
yo‘qotdi („Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasi 1910- yil.). Eng
asosiy va ayrim nashrlarda O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan ko‘plab
yangi jiddiy ilmiy ishlar paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun
Mejovdan keyin dastlabki 127 jildni, gazetadan qirqib olingan
materiallar bilan to‘ldirib tashlashga A. A. Semyonov chek qo‘ydi,
u uzoq yillar davomida yig‘ilgan materiallarni to‘plab, o‘rganib,
saraladi, 544 — 545- jildni esa 1914- yilda nashr ettirdi. Shunga
qaramay, 545- jildga gazetadan qirqib olingan 30 ga yaqin eng
muhim materiallarni kiritdi. Shu jildga iqtisodchi olim V. V.
Dininning Zarafshon daryosi yuqori qismida yashayotgan tog‘li
aholining iqtisodiy hayotiga bag‘ishlangan tadqiqotini ham
qo‘shadi. „Turkiston to‘plami“ni isloh qilish bilan uning har
bir jildini muayyan mavzu bo‘yicha bir tizimga keltirdi. Agar bu
holat Mejov ishlarida oz-oz sezilgan bo‘lsa, Semyonov
davridagi to‘plamda avvalgi bibliograflarning xatolari hisobga
olingan edi. Maxsus „Èçâåñòèÿ Ðóññêîãî Ãåîãðàôè÷åñêîãî
îáùåñòâa“ga mansub hamma jurnallarning Òurkiston o‘lkasiga
doir maqo-lalari bir izchillikda yig‘ilganligi bunga misol bo‘ladi.
Uning rahbarligida tuzilgan jildlar materiallarini sistemalashtirish
g‘oyasi o‘zidan oldingilarning an’anasiga qo‘shilgan yangilik va
o‘ziga xos prinsið bo‘lib qoldi. U O‘rta Osiyo haqidagi barcha
ma’lumotlarni yig‘ish qiyinligini tushunib, „To‘plam“ jildlarida
o‘sha vaqt Òurkistondagi eng muhim narsa va hodisalar axborotini
berishga intildi. Shu nuqtayi nazardan, A. A. Divayev ishlariga
bag‘ishlangan 566 —569- jildlar  diqqatga sazovor, olimning
etnografiyaga tegishli 59 asari kiritilgan. 556, 557 va 587- jildlarda
o‘sha davr O‘rta Osiyo lingvistikasi bo‘yicha olimning filologiyaga
oid 15 ta ishi kiritilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, material
yig‘ish vaqtida A. A. Semyonov to‘plamga mualliflar o‘z imzosi
bilan unga taqdim qilgan asarlarni ham kiritib, kitob mualliflari-
ning taxalluslariga baho va eng yaxshi asarlarga izoh bergan.
Bevosita o‘zi tuzgan jildlar uchun mundarija bergan, faqat oxirgi


85
112- jildda Òoshkentdan ketib qolishi tufayli bu ish bajarilmay,
„Turkiston to‘plami“ ustidagi ish to‘xtatildi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling