Bibliography tuzish turlari
Download 70.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Bibliography tu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiyaning tarkibiy qismlari
Bibliography tuzish turlari (alfavit, xronologik, janr bo'yicha). Bibliografiya tuzish qonun-qoidalari. Magistrlik dissertasiyada foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini tuzish tartibi. Chop etilgan ilmiy ishlar ro'yxatini tuzish tartibi. Bibliografiya ( yunoncha : biblion kitob va... grafin) — matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy maqsadlarda targʻib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan B. fani deb ataladi. B. taraqqiyotini turli xil bibliografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar (B. xizmati) tizimi taʼminlaydi. Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo boʻlgan (jumladan miloddan avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan bibliografik jadval). "B." termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan, vaqt utishi bilan (17-asr oʻrtalaridan) kitoblar bayonini biddiradi. B. tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qoʻlyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi qoʻlyozmalar (dissertatsiyalar, saklashga topshirilgan qoʻlyozmalar) B.ning oʻrganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi B. koʻlamini kengaytirmoqda. B. taraqkiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir etadi. Oʻz navbatida B. ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi. B. bosma asarlarni.anikdash, saralash va izoxlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini jamlashga va keyingi tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qoʻshgan hissasini oʻzida aks ettiradi; masalani oʻrganishga oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda toʻplangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, B. alohida ilmiy muxit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy malakani oshishiga taʼsir etadi. B. ilmiy va texnika xabarlari bilan yakin alokada. Ulardan farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, dalillar hakida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, maʼrifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi. Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan boʻlib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoklar) boʻyicha guruxlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda oʻzlarining tarmoklar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash boʻlib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur boʻlganda adadi, narxi va boshqa haqidagi maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, oʻrnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor). Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat B.si, ilmiy yordamchi B. va tavsiya B.siga; mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli B.ga boʻlinadi. B.ning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs B.si) va oʻlkashunoslik B.si tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farqlanadi. Bibliografiyaning tarkibiy qismlari Bibliografiya yozuvlari tuziladi: Muallif Manbaning nomi Chop etish to'g'risidagi ma'lumot Sana Bibliografiya yozuvlari odatda osib qo'yilgan indent uslubida yoziladi. Bu shuni anglatadiki, har bir satrning birinchi satrini indentatsiya qilinmaydi, lekin keyinchalik har bir satrning keyingi satrlari chiziladi. Download 70.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling