Bibliography tuzish turlari


Download 70.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi70.69 Kb.
#1064740
Bog'liq
Bibliography tu



Bibliography
tuzish
turlari
(alfavit,
xronologik,
janr
bo'yicha).
Bibliografiya
tuzish
qonun-qoidalari.
Magistrlik
dissertasiyada
foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini tuzish tartibi. Chop etilgan ilmiy
ishlar ro'yxatini tuzish tartibi.
Bibliografiya (
yunoncha
: biblion kitob va... grafin) — matbuot hamda yozuv
asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy
maqsadlarda targʻib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat
sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va
uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan B. fani deb ataladi. B. taraqqiyotini turli
xil bibliografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar
(B. xizmati) tizimi taʼminlaydi.
Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo boʻlgan (jumladan miloddan
avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan
bibliografik jadval). "B." termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan,
vaqt utishi bilan (17-asr oʻrtalaridan) kitoblar bayonini biddiradi. B. tarixi
kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari,
qoʻlyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi qoʻlyozmalar
(dissertatsiyalar, saklashga topshirilgan qoʻlyozmalar) B.ning oʻrganish
sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va
boshqalarning paydo boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi B. koʻlamini
kengaytirmoqda. B. taraqkiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning
qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir etadi. Oʻz navbatida B. ham ilmiy,
adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi,
taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi. B. bosma asarlarni.anikdash,
saralash va izoxlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini jamlashga va keyingi
tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga ayrim shaxs, xalq yoki
mamlakatning qoʻshgan hissasini oʻzida aks ettiradi; masalani oʻrganishga
oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda toʻplangan yoki yangi
bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, B. alohida ilmiy muxit,
siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy
malakani oshishiga taʼsir etadi. B. ilmiy va texnika xabarlari bilan yakin
alokada. Ulardan farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, dalillar hakida emas,
balki ular haqidagi bosma asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, ilmiy xabar
bilan birga ilmiy, maʼrifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham bosma asarning
majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan boʻlib, shu asosda bosma asarni
hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan.
Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini
yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar
(kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi
yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoklar) boʻyicha guruxlanadi. Bu
bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir


alohida hollarda oʻzlarining tarmoklar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning
tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash boʻlib,
unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot
nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur boʻlganda adadi,
narxi va boshqa haqidagi maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda,
oʻrnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma
asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotatsiya, referat,
guruh axborot (obzor).
Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat B.si, ilmiy yordamchi B. va tavsiya B.siga;
mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli B.ga boʻlinadi. B.ning alohida
turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs B.si) va
oʻlkashunoslik B.si tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra,
bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va
maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farqlanadi.
Bibliografiyaning tarkibiy qismlari
Bibliografiya yozuvlari tuziladi:

Muallif

Manbaning nomi

Chop etish to'g'risidagi ma'lumot

Sana
Bibliografiya yozuvlari odatda osib qo'yilgan indent uslubida yoziladi. Bu
shuni anglatadiki, har bir satrning birinchi satrini indentatsiya qilinmaydi, lekin
keyinchalik har bir satrning keyingi satrlari chiziladi.

Download 70.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling