Bilasizmi, dunyodagi eng qilmmat narsa nima? Bitta bodda borki, agar uni qiymatini sizga aytsam hayratdan qotib qolasiz


Download 15.25 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi15.25 Kb.
#1247374
Bog'liq
New Microsoft Word Document


Bilasizmi, dunyodagi eng qilmmat narsa nima? Bitta bodda borki, agar uni qiymatini sizga aytsam hayratdan qotib qolasiz. BU modda shunchalar qimmatki, agar Qorun zamonasidan tortib to hozirgacha kelgan boylar hamma pullarini sarflasalar ham va hatto hamma kiymlarigacha sotib, unga erishmoqchi bo’lsalar ham, bu narsaning judda ham oz miqdoriga erisholadilar. Yoq. Biz hozir din, yoki iymon, haqida aytayotganimiz yo’q. Albatta Alloh taolo sizga beradigan hidoyati bahosiz bo’ladi. lekin biz bu yerda moddiy narsalar haqida aytayabmiz.
Bir modda bor ekanki uning narxini aytsam sochingiz tikka bo’lib ketadi. Bu moddaning bir giramining narxi 62.5 trillion dollar turar ekan. Ya’ni bu degani, bu moddaning bitta kafga sug’adigan miqdorining narxi 1 quadilyon dollarlar atrofida bo’ladi. Bu juda katta son. Hamma boylarning pullari jamlansa ham bu ularning pullari bu songa yetmaydi. Nega bunday qimmat deb so’rayotgan bo’lishingiz mumkin. aytishlaricha bu moddaning bir giramini yetishtirish uchun, butun insoniyat 1 yil davomida 24 soat to’xtovsiz ishlasalar ham uddala olmasakanlar. Shuning uchun ham bu modda juda ham nodir hisoblanar ekan.
Lekin siz hech ham hamma muommolarga yechim topa bilish, degan mahorat haqida eshitganmisiz? Qarangki agar sizda mana shu mahorat bor bo’lsa, siz yuqorida aytilgan moddani ham qo’lga kiritishingiz mumkin. chunki bu moddani topish ham muammo. Sizda bo’lsa hamma muommoga yechim topish qobilyati bor. Nazariy o’laroq qaralganda agar sizda bu mahorat bor bo’lsa siz eng boy odamga aylanasiz.
Aziz tomoshabin. Usuhbu videoda biz mana shu mahorat haqida gablashamiz. Problem Solving mahorati. Bu mahoratni hamma biznesmenlar va dunyo boylari ishlarida inoyatga olishadi va unga etibor berishadi. Shuningdek bu mahorat yana eng kuchli dasturchining qolgan dasturchilardan ajiralib turuvchi sifatidir.
Endi sizda, men ham shu mahoratga ega bo’la olarkanmi? Bu mahoratni o’rgatadigan kurslar bormi? Degan savollar tug’ilib qolgan bo’lsa kerak. Omadingizga, ha bu mahoratni o’rgansa bo’ladi. aqilni chaxlab, ko’p ustida ishlab, bu mahoratni kuchaytirsa bo’ladi.
Biz ham bu videoda 7 ta qadam haqida gablashamiz. Siz bu qadamlarga rio qilib, istalgan muommoga yechim topsangiz bo’ladi.
Muqaddimani cho’zib yubordik. Qani unda boshlay qolaylik...

Intro


Hamma muommoga yechim topishga yordam beradigan yetti qadam haqida gablashishdan oldin biz shuni anglab olaylikki, muommo o’zi asli nima degani.
Muommo – bu har bir yechimga muhtoj bo’lib qolgan narsadir.
Ya’ni masalan siz ochqadingiz. Demak bu ham bir muommo hisoblanadi. Bu muommoning yechimi nimada? Ovqatlanishda. Qarasangiz uyda ovqat yo’q ekan. Bu ham bir muommo. Bu muommoning yechimi endi agar ovqatlanishni bilsangiz, ovqat tayyorlashda. Agar ovqatlanishni bilmasangiz, uyga ovqat aytdirishda. Qisqasi muommo nima ekanini aslida hammamiz juda yaxshi bilamiz. Faqat ba’zan aslida muommo bo’lmagan narsalarni ham biz muommo deb o’ylashimiz mumkin. yokida o’zi asli muommo bo’lgan narsani biz, muommo emas, deb o’ylashimiz mumkin.
Keyin yana bir narsani bilishimiz kerakki. Har bir muommoning yechimi albatta bo’ladi. aynan mana shu tushuncha boylarni boy qilgan narsadir. Chunki hatto biznesda ham inson muommolarga, uni yechishim kerak, har bir muommoning yechimi borku, degan ko’z qarash bilan qarashi kerak. Hayotida qanaqa muommoga duch kelsa, uni yechishdan qochib, yoki ortga surmaslik kerak. Muommolarni eng to’g’ri yecha bilish va bu yechimdan unumli foydalana bilishning foidalarida juda ham katta siru asrorlar bor.
Demak siz birinchi bo’lib o’zingizdagi mana shu tushunchani o’zgartiring. Muommolar bu doimo biz ulardan qo’rqib, ulardan qochib yuradigan narsa emas. Balki muommolar, bu siz uchun fursatdir. siz esa faqatgina mana shu fursatlardan foidalanishingiz kerak xolos.
Demak muommolarga yechim topishda quydagi yetti bosqichga rioya qiling
1 – bosqich avvalanbor muommoni to’g’ri aniqlab oling.
Endi siz muommolardan qo’rqmay, ularni yechishga kirishganingda shuni bilingki, eng katta muommo bu biz uni tushunishimiz qiyin bo’lganlardir. Inson uchun yechim topish eng qiyin bo’lgan muommo, o’zi uni tushunmagan muommodir. Siz agar muommoni to’g’ri tushunsangiz, aslida yechimni ham topgan bo’lasiz. Ko’pchilik odamlar mana shunda adashishadi. Muommoni tushunmay turib, uni yechishga kirishib ketishadi. Yechishga qiynalganlaridan keyin, aslida men yecha olmas ekanman, deb noumib bo’lib qolishadi. Noumid shayton, deyilganidek, avvalanbor muommoni yaxshilab tushunib olish kerak.
Enishteyn aytgan ekan: agar menda bir muommoni yechish uchun bir soat vaqt bo’lganida, men 55 daqiqa muommo haqida o’ylab, faqat 5 daqiqa yechim topish haqida o’ylagan bo’lar edim.
Demak qisqacha aytganda, siz muommoni yechimiga kirishib, ko’p vaqtni faqat yechimga sarflashingizdan oldin, o’sha muommoni o’zini tushunishga harakat qiling. Ko’proq muommoni tushunishga vaqtingiz va energiyengizni sarflang. Shunda muommoni to’g’ri tushunasiz va aslida shu muommoning yechimi nimada ekanini topa olasiz.
Bilingki muommoni tushunish aslida muommoning yechimining yarmidir.

2 – chi bosqich. Muommoning sababini aniqlang. Qanday bu muommo kelib chiqdi? Nega kelib chiqdi va hokazo

Ko’pincha muommoni yechishga kirishganimizda, aslida mana shu muommoning yechimi uning sababini yo’q qilishda bo’ladi. O’zi ko’pincha eng oson yechim ham mana shu muommoning sababini yo’q qilishda bo’ladi. agar tibbiy muommolarga topilgan yechimlar haqida o’ylab ko’rsangiz, ularning ko’pi, aslida mana shu muomomoni keltirib chiqorgan sababni yo’q qilishda ekanini ko’rasiz. O’tgan ikki yilni boshidan o’tqazganlar meni bu gapimga qo’shilishadi.
Download 15.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling