Bilet – 15 Materialni suruvchi mexanizm
Download 1.72 Mb.
|
MASHARIPOVA NARGIZA AMINOVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosi qanday materialdan bo‘lgani ma’qul
Vazni va o‘lchamlari Dazmol tanlash vaqtida qo‘lingizda bir muddat tutib ko‘ring – qulayligiga, qo‘lingizni toliqtirmasligiga amin bo‘lsangiz, sotib oling. Albatta, yo‘l uchun dazmollar eng ixchamidir. Ko‘p joy egallamaydi, vazni 1 kgga bormaydi (odatda 0,5-0,7 kg). An’anaviy bug‘li dazmollarning vazni 1,8 kggacha bo‘ladi, ammo u og‘ir, shuning uchun 1,5 kggacha bo‘lganini tavsiya etamiz. Safarga olib ketishga kattalik qiladi, uyda saqlasangiz boshqa gap. Simsiz dazmollarning vazni va o‘lchami an’anaviy dazmollarnikiga o‘xshashdir. Bug‘ purkagichli dazmol vazni 0,8-1,4 kg atrofida. Ishi dazmollash bilan bog‘liq kishilar uchun ayni muddao, ammo suvqozoni va qutisini alohida o‘rnatish uchun qo‘shimcha joy kerak. Qolaversa, qurilma to‘la vazni 5 kgga yaqin tosh bosadi. Quvvati Dazmol elektr pechkasi emas, vatti balandiga uchmang. 2000 Vt yetarli, u tez qiziydi va yaxshi dazmollaydi. 1500 Vtli dazmolni qizitishga esa bir oz ko‘proq vaqt sarflaysiz. Agar tez-tez dazmollamasangiz, o‘rtacha quvvatli dazmol tanlang. Yo‘l uchun xarid qiladigan dazmolingizning quvvati 1 kVt bo‘lsa yetarli. Bug‘ purkagichli dazmol (bug‘ generatori) quvvati odatda 2 kVtdan boshlanib, 3 kVtgacha yetishi mumkin. Bu suvqozon bosimini bir maromda tutish va tekis dazmollash uchun zarurdir. Asosi qanday materialdan bo‘lgani ma’qul? Muhimi gazlama ustida silliq sirpanuvchan bo‘lsin. Bundan tashqari tugmalar, sidirma tugma (zamok), piston-qulfchalar sirtini tirnay olmasin. Umuman olganda, sifatli dazmollashi va o‘ziga ham, matoga ham shikast yetkazmasligi lozim. Alyuminiy asosli dazmollar uncha qimmat bo‘lmaydi. Harorat rejimiga hushyor yondashish lozim, bu taraflama ancha nozik. Tirnalishga chidamsiz, chunki alyuminiy juda yumshoq metalldir. Afzalliklari – tozalash oson, vazni yengil va tez qiziydi. Zanglamas (nerjaveyka) metall asosli dazmollar juda keng tarqalgan. Ular sekin qiziydi, ammo afzalliklari ko‘p: tozalash oson, sirti oynaday silliqligi uchun matoda yaxshi sirg‘aladi, yuzasi tirnalmaydi. Keramika va metallokeramikaning afzalligi hatto o‘ta yuqori haroratda ham yaxshi sirg‘alishidir. Dazmollanayotgan materialga sira yopishib qolmaydi. Osongina tozalanadi. Jiddiy kamchiligi mo‘rtligidir, tashishda ehtiyot bo‘lish kerak. Metallokeramikali dazmol bir qadar mustahkamroq bo‘ladi. Keramika asosli dazmol Hozirda dazmollarning asosi shisha keramika, teflon, titandan yasalyapti. Ular bir-biridan o‘ng‘ay: a’lo darajada sirg‘aladi (ayniqsa, teflon), matoni kuydirmaydi va yopishib qolmaydi (issiqligicha mato ustida qoldirmasangiz, albatta), ishlatish yengil, tirnalishga chidamli. Metall tugma yo biror narsa qadalgan matoni teflon asosli dazmol bilan silliqlashda ehtiyot bo‘lish lozim. Maslahat. Ipak, sintetika va boshqa nafis matolarni dazmollash uchun ostida nasadkasi bor dazmol xarid qiling. Ayniqsa, asosi alyuminiy yoki zanglamas metalldan bo‘lsa tavsiyamizga amal qiling. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling