Bilet №13 Shaxsiy musobaqa davriga tavsif bering?
bo‘yicha nimalarni bilasiz?
Download 223.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Javoblar 2
bo‘yicha nimalarni bilasiz?
J: 27-modda. Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish Dopingga qarshi qoidaning buzilishi, shu jumladan sportda foydalanish taqiqlangan substansiyalar va (yoki) usullar (bundan buyon matnda taqiqlangan substansiya va (yoki) taqiqlangan usul deb yuritiladi) ro‘yxatiga kiritilgan substansiyadan va (yoki) usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish sportda doping deb e’tirof etiladi. Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish dopingga qarshi xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagi bir yoki bir nechta qoidabuzarlik dopingga qarshi xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarning buzilishi deb e’tirof etiladi: sportchining taqiqlangan substansiyadan va (yoki) taqiqlangan usuldan foydalanganligi yoki foydalanishga uringanligi; musobaqa paytida yoki musobaqadan tashqari paytda sportchi organizmidan, shuningdek sport musobaqasida ishtirok etayotgan jonivor organizmidan olingan namunada taqiqlangan substansiyalarning yoxud ular metabolitlarining yoki markerlarining mavjud bo‘lishi; sportchining namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortganligi, sportchining dopingga qarshi qoidalarga muvofiq xabardor qilingandan keyin namuna olinishiga uzrli sabablarsiz kelmaganligi yoki sportchining namuna olinishidan boshqacha tarzda bo‘yin tovlaganligi; sportchidan musobaqadan tashqari paytda namuna olinishi imkoniyatiga taalluqli dopingga qarshi talablarning buzilganligi, shu jumladan o‘zining turgan joyi haqidagi axborotni taqdim etmaganligi hamda uning testlashda ishtirok etish uchun kelmaganligi; doping nazorati elementini soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish; Jahon dopingga qarshi agentligining Taqiqlangan substansiyalardan terapevtik foydalanish uchun xalqaro standartga muvofiq beriladigan ruxsatnomasiz terapevtik foydalanish uchun taqiqlangan substansiyalarga va (yoki) taqiqlangan usullarga ega bo‘lish. Download 223.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling