Bilet №24 Bog‘lovchi moddaning sinflanishini izohlang
Download 20.83 Kb.
|
2 5233323654816738584 (1)
B i l e t № 24 1. Bog‘lovchi moddaning sinflanishini izohlang. Bog‘lovchi moddalarning sinflanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom- ashyo, qo‘shimchalar Anorganiq yoki mineral bog‘lovchi moddalar kukunsimon bo‘lib, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil qiladi va ast -sekin qotishi natijasida suny toshga aylanadi Anorganiq bog‘lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko‘ra quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin: 1)Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit; 2)Gidravlik bog‘lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotishxususiyatiga ega. Masalan, portlandsement, shlakli portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar; 3)Kislotalarga chidamli bog‘lovchilar. Bunday bog‘lovchilarninig qotish protsessidan keyingi mustaxkamligining ortishi kislotalar tasirida ham davom etaveradi. Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha asosida olinadigansementlar va qorishmalar misol bo‘la oladi. Qurilishlarda buyum xossalarini o‘zgartish va bog‘lovchi materallarni tejash maqsadida quyidagi maxsus qo‘shilmalar xam ishlatiladi: 1)Bog‘lovchi materiallarni chuchuk hamda sulfat tuzlariga to‘yingan tuzlar tasirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki aktiv mineral qo‘shilmalr -trepal,opoka, diatomit, trasslar,pemza, vulqon kuli va tufi, aktiv kremniy yaiqindilari, pishirilgan gil, gliej, kuygan jinslar va shlaklar; 2)Bog‘lovchi materiallarni tejash uchun to‘ldirgichlar sifatida mayda qilib qo‘yilgan qum, shlak va boshqalar; 3)Sementlarning tiklashuvini tezlatuvchi va susaytiruvchi materiallar: tezlatuvchilar-kalsiy xlorid (SaSl 2), natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota, eruvchan shisha (Na 3), soda; susaytiruvchilar – gips, sulfat kislota, sulfit oksidli temir va boshqalar; 4)Sementning qotishini tezlatuvchi va mustaxkamligini oshiruvchi qo‘shilmalar – xlorli kalsiy va xlorid kislota; 5)Beton va qotishmaning sovuqqa chidamliligi, plastikligini oshirish usun ishlatiladigan organiq va anorganiq qo‘shilmalar, sulfit spirt bardasi (SSB), etmak (ko‘pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit,trepel va boshqalar. Bog‘lovchi moddalar sanoatida malum turdagi xom ashyo materiallargina ishlatiladi. Lekin ana shu materiallardan har xil miqdorlarda foydalanish va muayyan ishlash texnologik usullarini qo‘llanish yo‘li bilan xossalari har xil bog‘lovchilar tayyorlanadi. Tog‘ jinslari va sanoat chiqindilaridan iborat ikkilamchi xom ashyo hisoblanadi. Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling