Bilet №24 Bog‘lovchi moddaning sinflanishini izohlang
Pardozbop va fasadbop sopol buyumlar
Download 20.83 Kb.
|
2 5233323654816738584 (1)
2. Pardozbop va fasadbop sopol buyumlar.
Sopol — maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va toʻzgʻoq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan magʻsulot; kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda — koʻlda hamda kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, soʻng gulxan (xumdon)da qizdirib Sopol tayyorlanadi. Roʻzgʻorda (piyola, kosa, lagan, koʻza, oftoba, xum va boshqalar), meʼmorlik (koshin, sopolak, parchin va boshqalar) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va boshqalar)da Sopol buyumlari keng qoʻllanadi; bolalar oʻyinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) ham shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab Sopolning rangi turlicha (och sariq, qizgʻish, kulrang va boshqalar) boʻladi. Angob (loya)ga chayib olingan Sopol soyada quritilib, yana xumdonda pishiriladi. Sta bezak ishlash ham turlicha: boʻrtma, oʻyma naqshlar uning hoʻlligida, qirma gullar Sopol angobga chayib olingandan soʻng ishlanadi; xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Sopol buyumlar 2 xil — sirlangan Sopol hamda sirlanmagan Sopol (terrakota)ga boʻlinadi. Sopol neolit davridan maʼlum boʻlib, sirlanmagan Sopol kadimiydir. Sirlangan Sopol buyumlar ishlab chiqarish. Oʻrta Osiyoda 10—12-asrlardan yuksak taraqqiy etdi. Oʻzbekiston hududida Sopol buyumlar ishlab chiqarish. keng yoʻlga qoʻyilgan; Sopol buyumlarni bezatilishi jihatidan birbiridan farqlanuvchi kulollik maktablari shakllangan. Qoplama sopol plitkalar. Sopol materiallar Markaziy Osiyo uchun eng qadimiy qurilish materiali ekanligi bizga ma’lum. Sopol buyumlar bilan qoplangan qadimiy Samarqanddagi Afrosiyob devorlari hozirgacha o’z rangini o’zgartirmay saqlanib kelmoqda. Binolarning old qismini badiiy bezaklar bilan pardozlashda milliy nusxalar bilan sirlangan guldor sopol (moyillik) plitkalar qurilishda ko’plab ishlatilmoqda. O’zbekistonda sirlangan guldor sopol bilan binolarga pardoz berish juda qadim zamonlardan mavjud. O’zbek halq ustalari va olimlari rangdor qilib sirlangan gulli sopolning badiiy jihatdan g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olib, sirning tarkibini topish va sopol ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirish ustida ko’p ish olib bordilar. Milliy nusxalar bilan bezalgan sopol xosil qilish bu soxadagi ishlarga asos qilib olindi. Izlanishlar natijasida to’plangan xulosalar keyinchalik, "Toshkent" mehmonxonasi va O’zbekiston fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Toshkent temir yo’l bekati va boshqa bir qator binolarni bezashda pardozbop milliy nusxadagi sopol plitkalar ishlatiladi. Qurilishda bunday plitkalar feruza, ko’k, oq, yashil, jigar rang va oltin rang sir berib turli nusxalarda ishlatilmoqda. Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling