Bilet #29 O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 17.35 Kb.
|
Mintaqaviy turizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilet 27 1.O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati 2.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Bilet #29 1.O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 3.Turistik resurslarning turlari 3.Mintaqaviy turizmning alohida ajralib turuvchi asosiy belgilari Ekoturizm-tabiiy turizm bo`lib, tabiat muhitini hosil qilish va tushinishni o`z ichiga oladi. Uning menejmenti shunday amalga oshiriladiki, natijada bu faoliyat ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror bo`lib, "tabiiy muhit", madaniy tarkiblarni, "ekologik barqarorlik" mahalliy aholi uchun tegishlicha daromadni va foydalanilayotgan resurslarning uzoq muddatli muhofaza qilinishini o`z ichiga oladi. Ekoturizm turizmning boshqa turi kabi ekologik barqaror bo`lishi, sayyohlarga zavq-shavq baxsh etishi va mahalliy aholiga daromad keltirishi lozim. Bundan tashqari, tabiiy va madaniy muhitga "mos tushishi" kerak. "Mos tushishi" degan so`zning ma`nosi shuki bu faoliyatning uslubi, hajmi va xili landshaftning ko`lami va xarakteriga, mahalliy aholining urf-odatlariga to`g’ri kelishi zarur Turistik resurslar - turizm jarayonida va maqsadlarida inson ehtiyojlarini qondira oladigan tabiiy-iqlim, ijtimoiy-madaniy, tarixiy, me'moriy va arxeologik, ilmiy-ishlab chiqarish, tomosha va boshqa ob'ektlar yoki hodisalar. Turistik resurslar - tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-madaniy ob'ektlar, shu jumladan turistik ko'rgazma ob'ektlari, shuningdek, turistlarning ma'naviy ehtiyojlarini qondira oladigan, jismoniy kuchini tiklash va rivojlantirishga yordam beradigan boshqa ob'ektlar. Mintaqaviy turizm- ma’lum hududga qaratilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan yani inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan hamda mikro va makrodarajada daromadlar olishga mo’ljalangan faoliyatdir. Bilet #27 1.O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati 2.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 3.Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari O`zbekiston sharoitida mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda, jumladan, aholi bandligini ta`minlashda turizm bozori katta ahamiyatga ega. Turizm mehnat ko`p talab qiladigan tarmoqlar safiga kiradi. Misol uchun, xorij tajribasidan ko`rinib turibdiki, mehnatga layoqatli aholining 10 foizi atrofida bo`lgan qismi turizm tarmog’ida band. Ularning deyarli yarmi mexmonxonalarda mehnat faoliyatini olib boradilar. O`rtacha xalqaro turizm sohasida 7 ta turistga 1 ta turistik hodim xizmat ko`rsatadi. Shu sababli turizm boshqa ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga nisbatan mehnat sig’imi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Mintaqada turizmni rivojlantirishga qaratilgan investitsion faollik yangi ish joylarini tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xo`jalikning barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib borilayotgan bir davrda turizmni rivojlantirishga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berila boshlandi. Ekologik turizmni rivojlantirish uchun respublikamizda juda katta imkoniyatlar mavjud. O`zbekiston 38 mln. gektardan ortiq bo`lgan ovchilik - baliqchilik er maydonlariga ega, ulardan 1,0 mln. gektarini suv fondi ko`llar, daryolar, suv omborlari tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o`txo`r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 baliq turlariga ega. Ulardan O`zbekiston Respublikasi qizil kitobiga o`txo`r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan. Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar Turistik tibbiy resurslar - bu alohida muhofaza etiladigan tabiiy ob'ektlar va hududlar bilan bog'liq bo'lgan, foydalanish va muhofaza qilishda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan aholini davolash va dam olish uchun mo'ljallangan rekreatsion resurslar. Download 17.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling