bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet20/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

2-savolga javob: Mendel o‘z tajribalarida xushbo‘y no‘xat o‘simligining yetti juft irsiy belgisining nasldan naslga o‘tishini kuzatdi. Keyinchalik olimlarning ilmiy izlanishi natijasida har xil turga mansub organizmlardagi turli juft belgilarning irsiylanishi o‘rganilib, Mendel qonunlari isbotlab berildi. Natijada bu qonunlar umumiy xarakterga ega ekanligi tan olindi. Lekin keyingi ilmiy izlanishlar xushbo‘y no‘xatning ayrim belgilari — changchi shakli, gulning rangi nasl larda mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi. Nasllar ota­onaga o‘xshagan holda qoladi. Asta­sekin Mendelning uchinchi qonuni asosida bunday belgilar ko‘p to‘plana bordi. Shu narsa aniq bo‘ldiki, avlodlarda belgilarning ajralishi va kombinatsiyasida
barcha genlar tarqalmaydi. Albatta ixtiyoriy organizmda belgilar soni nihoyatda ko‘p. Xromosomalar soni esa ma’lum miqdorda bo‘ladi. Har bir xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi. Bunday genlar bir­biri
bilan birikkan genlar deyiladi. Ular birikkan guruhlarni tashkil etadi. Genlarning birikkan guruhi xromosomalarning gaploid to‘plamiga mos keladi. Misol uchun, odamda 46 ta xromosoma — birikkan guruhi 23 ta, drozofilada 8 ta xromosoma — birikkan guruhi 4 ta, no‘xatda 14 ta xromosoma — birikkan guruhi 7 ta bo‘ladi. Bir xromosomada joylashgan genlarning birikish hodisasi Morgan qonuni bilan mashhur. Bir­biriga birikkan genlar guruhining soni muayyan turdagi xromo somalarning gaploid so­
niga mos keladi. Ular drozofila pashshasida 4 ta, makkajo‘xorida 10 ta bo‘ladi. Birikish gruppalari sonining xromosomalar soniga mos kelishi irsiyatda (nasldan naslga) o‘tishda xromosomalar ahamiyatga ega ekanligining muhim dalilidir. Genlarbir xromosomada bo‘lganda nasldan naslga o‘tish qonuniyatlari haqidagi masalani T. Morgan va uning shogirdlari mukammal o‘rganishgan. Asosan drozofila degan kichik meva pashshasi tekshirilgan. Bu hasharot genetik tadqiqotlar uchun juda qulay. Drozofila laboratoriya sharoiti da oson ko‘payadi, serpusht bo‘ladi: ular +25—26oC da har 10—15 kunda yangi nasl beradi, irsiy belgilari juda ko‘p va turlituman, xromosomalari oz (diploid soni 8 ta) bo‘ladi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling