Bilet Kazus


Download 25.36 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi25.36 Kb.
#1444662
  1   2   3
Bog'liq
fk 1


  1. bilet

Kazus
Ashurov o‘ziga tegishli bo‘lgan notebukni Nodirovaga 3 mln so‘mga sotgan. Taraflar ushbu shartnomani yozma shaklda rasmiylashtirmadilar, biroq taraflar xaridor pulni sotuvchiga zudlik bilan o‘tkazishi to‘g‘risida og‘zaki kelishdi, sotuvchi esa oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 10 kundan keyin xaridorga notebukni topshirishi shartligini kelishib olishdi. Ashurov pulni oldi, lekin notebukni berishdan bosh tortdi. Nodirova pulni qaytarish talabi bilan sudga murojaat qildi. 
Sudda Nodirova shartnomani tuzishda Halilov va Zoirovalar ishtirok etganini, ular notebuk uchun pul to‘langanligini tasdiqlashi mumkinligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Nodirova sudga Ashurov bilan telefon orqali suhbatining audioyozuvini olib keldi.
Ashurov da’vogar bilan hech qanday kelishuv tuzmaganligini va undan pul olmaganini aytdi. Shuningdek, u Halilov va Zoirovaning guvohli o‘tmasligini, chunki ular Nodirovaning qarindoshlari ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, audioyozuvdagi ovoz unga emas, noma’lum shaxsga tegishli ekanligini vaj qildi. U o‘z vajiga qo‘shimcha sifatida, agar audioyozuv o‘zining ovozi bo‘lsa ham, bu muhim emasligini, chunki audioyozuv Nodirova tomonidan qonun bilan belgilangan tartibda olinmagan va shuning uchun fuqarolik prosessida dalil sifatida ishlatilishi mumkin emasligini aytib o‘tdi. 
Vaziyatga huquqiy baho bering.


Javoblar:
ISSUES

  1. Fuqaro Ashurov bilan Nodirov o’rtasida tuzilgan shartnoma qanday tartibda tusilishi kerak edi?

  2. Nodirovni sudda ko’rsatgan dalillari haqiqiy deb topiladimi?

  3. Masala qanday hal qilinadi?

RULES;
APPLICATION:
Birinchi savolga to’xtaladigan bo’lsak; Fuqarolik kodeksini(keyinki o’rinlarda FK deb ketiladi) 366-moddasida shartnomaning shaklillari haqida bayon etilgan bo’lib, ushbu moddani 1-bandiga ko’ra; “Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin”. Demak ushbu shartnoma bitimda nazarda tutilgan shakillarda tuzilishi mumkin. “Har qanda shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim shatnoma bo’la olmaydi” degan oltin qoidaga rioya qilgan holda yondashamiz. Fuqarolik kodekisini 105-moddasi 1-bandida bitimlar og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuzilishi haqida aytilgan. Ushbu vaziyatda taraflar o’rtasidagi bitim yozma shakilda tuzilishi kerak edi. Chunki Fuqarolik kodekisini 108-moddasi 1-qism ikkinchi bandiga ko’ra fuqarolar o’rtasidagi BHM ning 10 baravaridan (3mln so’m) ortiq miqdordagi bitimlar yozma shakilda tuzilishi kerak. Bundan tashqari “Iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi qonunining 8-moddasi 4-bandida “Tuzilgan vaqtdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar bo‘yicha, jo‘natma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi1” deb belgilab qo’yilgan . Bu kazusdagi vaziyat ushbu normaga to’la to’g’ri keladi. Chunki sotib oluvchi (Nodirova) va sotuvchi(Ashurov) o’rtasida sotilayotgan buyimni tuzilgandan 10 kun keyin yetkazib berishni ya’ni shartnomani shartlarini keyinroq bajarishligini va pulni oldindan to’lashlig kerak ekanligini kelishib olishgan. Ushbu ko’rsatilgan asoslarga tayangan holda tamonlar shartnoma tuzishda Fuqarolik kodekisini 108-moddasida ko’rsatilgan bitimni oddiy yozma shakliga rioya etmaganlar. Lekin ushbu holatlar taraflar o’rtasidagi tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topilishiga asos bo’la olmaydi. Bunga bir nechta asoslar bor. Masalan
1-asoslar FK ning 109-moddasini 1-bandida bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
2-asoslar FK ning 364-moddasida taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Muhim shartlar deganda shartnomani tuzish uchun zarur va etarli bo’lgan shartlar anglashiladi, ya’ni agar ana shunday shartlardan loakal bittaginasi kelishilgan bo’lmasa, shartnoma tuzilgan deb hisoblanmaydi. Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning narsasi to’g’risidagi shartlar kiritiladi2. Bu kazusdagi muhim shartlar bu – tomonlar o’rtasidagi sotilayotgan va sotib olinayotgan buyuni qay tartibda va qachon yetkazib berish va shu buyim uchun to’lanadigan to’lovni to’lash tartibi to’g’risidagi shartlarni olsak bo’ladi. Shartnomani narsasi bu vaziyatda sotilayotgan notebukni hisoblanadi. Bu muammoli jarayonda tomonlar qo’yilgan hamma shartlarga rozi bo’lgan holda og’zaki shakilda shartnoma tuzishgan. Demak ushbu vaziyatda shartnoma belgilangan tartibda tuzilmagan bo’lsa ham tamonlar ortasida shartnoma bor. Shunday ekan sud tamonidan kim javobgarligin belgilash uchun keyinki masalaga to’xtalishimiz kerak.

Download 25.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling