Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Tirsak bo’g’imi.Bog’lamlari
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32.Bilak-kaft bo’g’imi.Kaft usti,kaft,barmoqlar birlashuvi.
31.Tirsak bo’g’imi.Bog’lamlari.
Tirsak bo'g'imi - articulatio cubiti murakkab bo'g'im bolib, umumiy kapsulasi ichida uchta bo'g'im joylashadi: __Art.humeroulnaris bo'g'imi yelka suyagining g'altak qismi trochlea humeri va tirsak suyagining g'altaksimon o'ymasi - incesura trochlearis orasida hosil bo'ladi. Bu bo'g'im shakl jihatidan g'altaksimon bo'g'imlar guruhiga kiradi. Harakat bir o'q atrofida: tirsak bo'g'imida bukish va yozish harakatlari bajariladi __Art.humeroradialis bo'g'imi yelka suyagining boshchasidagi capitulumhumeri yuza bilan bilak suyagining boshchasidagi chuqurcha - fovea capitis radii orasida hosil bo'ladi. Shakl jihatidan bu bo'g'im sharsimon bo'g'im bo'lib lekin faqat ikki o'q atrofida harakat qiladi. Frontal o'q atrofida bu bo'g'imda bukiladi va yoziladi. Vertikal o'q atrofida esa ichkariga va tashqariga buriladi (pronatsio va supinatsio). __Art.radioulnaris proximalis bo'g'imi bilak suyagi boshchasidagi bo'g'im yuzasi - circum ferentia articularis hamda tirsak suyagidagi o'yma incesura radialis hisobiga hosil bo'ladi. Bu bo'g'im shakl jihatidan silindrsimon bo'lib, bir o'q atrofida tashqariga va ichkariga burilish vazifasi bajariladi. Tirsak bo'g'imining pishiq kapsulasi (capsula articularis) uchchala suyak bo'g'im yuzalarini o'rab oladi. Bo'g'im kapsulasining oldingi va orqa sohalarida boylamlar bo'lmaydi. Ikki yon tarafdan esa bu bo'g'im boylamlar vositasida mustahkamlanadi 32.Bilak-kaft bo’g’imi.Kaft usti,kaft,barmoqlar birlashuvi. Bilak suyaklari bilan kaft usti suyaklari orasidagi art. radiocarpea bo'g'imida bilak suyagi bilan birinchi qator kaft usti suyaklari qatnashadi. Tirsak suyagi biroz kaltaroq bo'lib, uning pastki uchi tog'ay - discus articularis bilan to'lib turadi. Bu tog'ay plastinka uchburchak shaklida bo'lib, kengroq chekkasi bilak suyagidagi incisura ulnaris o'ymasiga, uchi esa tirsak suyagining bigizsimon o'simtasi - processus styloideus ga birikadi. Shunday qilib, art. radiocarpalis bo'g'imini hosil qilishda bilak suyagining facies articularis carpea yuzasi, discus articularis tog'ayi, kaft usti suyaklarining birinchi qatoridagi os scaphoideum, os lunatum, os triquetrum suyaklari qatnashadi. Bo'g'im kapsulasi quyidagi boylamlar bilan mustahkamlanadi. __lig.collaterale carpi radiale: bilak suyagining bigizsimon o'simtasidan boshlanib qayiqsimon suyakka birikadi; __ ig.collaterale carpi ulnare: tirsak suyagidagi bigizsimon o'simtadan boshlanib, uch qirrali suyakka birikadi; __ lig.radiocarpale palmare: bilak suyagining bigizsimon o'simtasidan, pastki uchining oldingi yuzasidan boshlanib, kaft usti sohasidagi os scaphoideum, lunatum, triquetrum, capitatum suyaklariga birikadi; __ lig.radiocarpale dorsale: bilak suyagining pastki uchining orqa yuzasidan boshlanib, kaft usti suyaklarining birinchi qatorida joylashgan suyaklarning orqa yuzasiga birikadi; __ lig.ulnocarpale dorsale: tirsak suyagi va kaft usti suyaklarini orqa yuzalarini birlashtiradi; __ lig.ulnocarpale palmare: tirsak suyagi bilan kaft usti suyaklarining oldingi sohalarini birlashtiradi. Kaft usti sohasidagi birinchi va ikkinchi qator suyaklari o'zaro art.mediocarpea bo'g'imini hosil qiladi. KAFT USTI SUYAKLARI BILAN KAFT SUYAKLARI ORASIDAGIBO'G'IMLAR - ARTICULATIO CARPOMETACARPALIS Bu bo'g'imlar kaft usti suyaklarining ikkinchi qatori bilan kaft suyaklari orasida hosil bo'ladi. Uning yuzalari yassi bolib, oldingi va orqa yuzalarida mustahkam boylamlar - ligg. carpometacarpea dorsalia et palmaria bilan qoplanadi. Kaft suyaklari orasida art. intermetacarpalis bo'g'imlari hosil boladi. Kaft suyaklarining asosida joylashgan boylamlar - ligg. metacarpea interossea, kaft yuzasidagi ligg. metacarpea palmaria hamda orqa yuzadagi lig.metacarpea dorsalia lar bo'g'imlarni mustahkamlaydi. Bosh barmoq sohasidagi kaft usti suyaklari bilan kaft suyagi orasidagi bo'g'im art. carpometacarpea pollicis deyiladi BARMOQ FALANGALARI ORASIDAGI BO'G'IMLAR - ART.INTER PHALANGEAE MANUS Bu bo'g'imlar barmoq falanglari orasidagi boshcha va barmoq asosi orasida hosil bo'ladi. Shakl jihatidan bu bo'g'imlar egarsimon bo'lib, bukish va yozish harakatlari (bir o'qli) bajariladi. Bu bo'g'imlarning yon yuzasida ligg.collateralia va oldingi yuzada lig.palmaria boylamlari bo'ladi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling