Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Umurtqalar tuzilishi.Bo’yin,ko’krak,bel,dumg’aza,dum umurtqalari.
BILETLAR 1.Skelet vazifasi.Anatomik sathlar.Suyaklar tasnifi.. __Tayanch vazifasi: odam gavdasi va mushaklarning tayanchi bo‘lib __Harakat vazifasi: skelet suyaklarining alohida guruhlarining o‘zaroqo‘shilishidan richaglar hosil etib, bo‘g‘imlarda mushaklar vositasida harakatga keladi. __Himoya vazifasi: suyak guruhlarining o‘zaro qo‘shilishidan bo‘shliqlarhosil bo'ladi. Bu bo‘shliqlar ichida esa a'zolar joylashadi. __Biologik vazifasi: suyaklar tarkibida mineral tuzlar bo'lib, kalsiy, fosfor temir va hokozo moddalarni saqlaydi __Qonning shaklli elementlari suyak ichidagi qizil ilik sohasida yetiladi. Naysimon suyaklarning tayanch vazifasini bajaravchi tana qismiga diafiz (diaphysis), diafizlarning uchi esa, naysimon suyaklarning bo‘yin qismiga to‘g‘ri keladi va bu sohalarni metafiz (metaphysis) va naysimon suyaklarning bo‘g‘im hosil qiluvchi uchlariga esa epifiz (epiphysis) qismi deyiladi. Suyaklardagi mushaklar birlashadigan o‘simtalarga apofizlar (apophysis) deb ataladi. Suyaklarning turlari (tasnifi). Odam skeleti joylashishiga ko'ra quyidagi guruh suyaklarga bo'linadi: ___ Tanadagi suyaklar: umurtqalar, qovurg'alar, to'sh suyagi. ___ Kalla suyaklari: yuz qismi suyaklari, miya atrofidagi suyaklar. ___ Yelka kamari suyaklari: kurak suyagi, o'mrov suyagi. ___ Qo'l suyaklari: yelka, tirsak, bilak va qo'l panjasidagi suyaklar ___ Chanoq suyaklari. ___ Oyoq suyaklari: son, katta boldir, kichik boldir va oyoq panjasidagi suyaklar 2.Umurtqalar tuzilishi.Bo’yin,ko’krak,bel,dumg’aza,dum umurtqalari. __ Har bir umurtqa - vertebra ning tuzilishi bajaradigan vazifasiga mos bo'ladi. 1.Tayanch vazifasini bajargani uchun, umurtqalarda tana - corpus vertebrae bo'ladi. Birinchi bo'yin umurtqasida tana qismi bo'lmaydi, bel umurtqalarida esa tana qismi kattaroq bo'ladi. Kattaroq og'irlik tushadigan dumg'aza umurtqalari qo'shilib, suyaklanib ketadi. 2. Umurtqa pog'onasi kanali orqa miya uchun himoya vazifasini bajaradi. Orqamiyaning kengaygan sohalarida umurtqa kanali ham kengroq bo'ladi. Uning tashqi chegarasi II bel umurtqasiga to'g'ri kelganligidan, uning ostida umurtqa kanali torayib borib, dum umurtqalari sohasida yakunlanadi. 3. Har bir umurtqada mushaklar birikadigan o'simtalar bo'ladi. Ko'ndalang vaqirrali o'simtalaming rivojlanganligi ularga birikadigan mushak va boylamlarning kuchiga bog'liq bo'ladi.Bel va ko'krak sohalarida bu o'simtalarga kuchli mushaklar birikadi va shu sohadagi o'simtalar ancha rivojlangan bo'ladi. Dumg'aza umurtqalarining o'zaro qo'shilib ketishi natijasida dumg'aza suyagining tuzilishi boshqacharoq bo'ladi. Umuman har bir sohadagi umurtqalarning tuzilishi uning vazifasiga mos bo'ladi. 4. Qovurg'alar ko'krak sohasida saqlanib qoladi. Qovurg'alaming oldingi uchlarito'sh suyagiga birikadi. To'sh suyagi, qovurg'alarning oldingi uchidan taraqqiy etadi. 5.Tana skeletining tuzilishiga odamning vertikal (tikka) holatga o'tishi quyidagicha ta'sir ko’rsatadi __Umurtqa pog'onasida egriliklar hosil bo'ladi. Oxirgi bel umurtqasi vadumg'aza suyagi orasida oldingi tarafga bo'rtib chiqqan yuza promonto rium paydo bo'ladi. __ Ko'krak qafasining kengligi, oldingi o'lchovi orqa o'lchovidan katta bo’ladi. Bo‘yin umurtqalari 7 ta bo'lib, ulaming 1 va 2-lari boshqalaridan farq qiladi. Birinchi bo'yin umurtqasi atlas da umurtqa tanasi, qirrali o'simtalar va bo'g'im o'simtalari bo'lmaydi. Birinchi bo'yin umurtqasi halqasimon shaklda bo'lib, oldingi ravoq - arcus anterior va orqa ravoq — arcus posterior lardan, ularning yon sohasida esa massae laterales qismlaridan tashkil topadi. Oldingi yoyning tashqi yuzasida oldingi bo'rtiq — tuberculum anterius, ichki yuzasida esa chuqurcha - fovea dentis hosil bo'ladi. Orqa yoyning tashqi yuzasida orqa bo'rtiq - tuberculum poserius hosil bo'ladi Ikkinchi bo'yin umurtqasi - axis, tishsimon o'simta - dens ning borligi bilan farqlanadi. Bu o'simtaning oldingi yuzasida oldingi bo'g'im yuzasi - facies articularis anterior, orqa yuzasida esa orqa bo'g'im yuzasi - facies articularis posterior bo'ladi. Uchinchi - yettinchi bo'yin umurtqalari - vertebrae cervicalis da quyidagi hosilalar bo'ladi: tanasi - corpus vertebrae; yoyi - arcus vertebrae; ular orasidagi teshik - foramen vertebrale; uchi ikkiga ajragan qirrali o'simta - processus sinosus, yuqorigi bo'g'im o'simtasi - processus articularis superior; bu o'simtadagi yuqorigi bo'g'im yuzasi - facies articularis superior; ostki bo'g'im o'simtasi - processus articularis inferior; bu o'simtadagi pastki bo'g'im yuzasi - facies articularis inferior; ko'ndalang o'simta - processus transversus; bu o'simtadagi teshik - foramen transversarium; ko'ndalang o'simta uchida joylashgan oldingi do'mboqcha - tuberculum anterius va orqa do'mboqcha - tuberculum posterius. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling