Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bel umurtqalari
Ko'krak umurtqalari - vertebrae thoracicae qovurg'alar bilan birikkanligidan, yuqorigi qovurg'a chuqurchasi - fovea costalis superior va ostki qovurg'a chuqurchasi - fovea costalis inferior ning mavjudligi bilan farqlanadi. Har bir ko'krak umurtqasi 2 ta qovurg'a bilan birlashadi. Shu sababdan har bir ko‘krak umurtqasida ikkitadan yarim chuqurcha bo'ladi. Bundan I, X, XI, XII ko‘krak umurtqalari mustasno. I ko'krak umurtqasining yuqori chuqurchasi to'liq bo'ladi (chunki I qovurg'aning boshchasi birikadi). X ko'krak umurtqasida yuqorigi chuqurcha bo'ladi xolos (chunki bu umurtqaga faqat X qovurg'a birlashadi). XI va XII ko'krak umurtqalarida esa bittadan to'liq qovurg'a chuqurchasi - fovea costalis bo'ladi (11-rasm). Ko'krak umurtqasida quyidagi hosilalar bo'ladi: tanasi - corpus vertebrae, yoyi arcus vertebralis, oyoqchasi pediculis arcus vertebrae. Bu hosilalar orasidagi teshik - foramenertebrale, qirrali o'simta - processus spinosus, yuqorigi bo'g'im o'simtasi processus articularis superior va bu o'simtadagi yuqorigi bo'g'im yuzasi facies articularis superior, ostki bo'g'im o'simtasi processus articularis inferior va ostki bo'g'im yuzasi - facies articularis inferior, ko'ndalang o'simta processus transversus, qovurg'a do'mbog'idan hosil bo'lgan chuqurcha (12-rasm) fovea costalis transversalis, oyoqcha sohasidagi ustki o'yma - incisura vertebralis superior va ostki o'yma - incisura vertebralis inferior bo'ladi
Bel umurtqalari vertebrae lumbales boshqa umurtqalardan tanasining kattaligi bilan farqlanadi (13-16-rasmlar). Ko'ndalang o'simtasi rudiment holdagi qovurg'a bo'lganligidan - processus costarius deyiladi. Bu o'simtaning orqa yuzasi asosida esa qo'shimcha o'simta - processus accisorius, yuqori bo'g'im o'simtasi - processus articularis superior ning yon tarafida so'rg'ichsimon o'simtalar processus mamillaris bo'ladi. Bundan tashqari uning quyidagi hosilalari bo'ladi anasi corpus vertebrae, yoyi arcus vertebrae, oyoqchasi pediculus arcus vertebrae, bu hosilalarining orasidagi teshik - foramen vertebrale, pastki bo'g'im o'simtalari processus articularis inferior, yuqorigi bo'g'im yuzasi - facies articularis superior, ostki bo'g'im yuzasi facies articularis inferior; qirrali o'simta processus spinosus (13-rasm). Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling