Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Kallaning miya qismi suyaklari.Ensa suyagi.Tepa suyagi
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.Kallaning miya qismi suyaklari.Ponasimon suyak.
12.Kallaning miya qismi suyaklari.Ensa suyagi.Tepa suyagi.
Kalla skeleti - cranium bir qancha alohida suyaklarning birikishidan hosil bo'ladi. Har bir suyak о'z navbatida tuzilish jihatidan yassi, g'ovaksimon va aralash suyaklar guruhiga kiradi. Kalla skeletida ikki qism tafovut etiladi: a) sezgi va hazm a'zolarini saqlaydigan kallaning yuz qismi - cranium faciale; b) bosh miyani saqlaydigan kallaning miya qismi - cranium cerebraleю Kallaning miya qismini toq - peshona, ensa, ponasimon, g'alvirsimon va juft - tepa, chakka suyaklari, yuz qismini esa juft - yuqorigi jag', tanglay, yonoq, burun, ko'z yoshi suyaklari, pastki burun chig'anog'i va toq - pastki jag' suyagi hamda burun bo'shlig'ini bo'lib turuvchi suyaklar hosil qiladi. Ensa suyagi to'rt qismdan iborat bo'lib, bu qismlar ensa suyagining katta teshigi foramen magnum atrofida joylashadi (68-rasm). Suyakning oldingi tarafida asosiy qismi- pars basillaris, ikki lateral tarafida suyakning yon bo'laklari - pars lateralis va suyakning orqa tarafida serbar qism - squama occipitalis joylashadi. Ensa suyagining chakka suyagidagi so'rg'ichsimon o'simtaga birikish cheti - margo mastoidea, tepa suyaklari bilan birikish cheti - margo lambdoideus deb ataladi. Tepa suyagi - os parietale yassi va to'rt burchak shaklida bo'lib, kalla qopqog'ining o'rta qismini hosil qiladi. (79-rasm). Bu suyakda ikkita: tashqi va ichki yuzalar facies externa, facies interna va to'rtta qirra tafovut qiladi. Tepa suyagining oldingi qirrasi - margo frontalis peshona suyagi bilan, orqa qirrasi - margo occipitalis ensa suyagiga, pastki qirrasi - margo squamosus chakka suyagining pallasi bilan birikadi. 13.Kallaning miya qismi suyaklari.Ponasimon suyak. Ponasimon suyak (asosiy suyak) - os sphenoidale kalla suyagining asosida joylashadi (82-rasm). Tana - corpus qismidan va juft o'simtalardan tashkil topgan. Bu o'simtalardan 2 jufti gorizontal sathda joylashgan bo'lib katta qanot - ala major va kichik qanot - ala minor deb ataladi. Bularga nisbatan perpendikular joylashgan va pastga yo'nalgan o'simtalami qanotsimon o‘simtalar - processus pterygoideus deb ataladi. Ponasimon suyakning tanasi kubsimon shaklga ega bo'lib, oltita yuza tafovut qiladi. Oldingi yuza - burun bo'shlig'idagi g'alvirsimon suyakning ko'ndalang qismi bilan birlashadi. Birlashish joyidagi qirraga crista sphenoidalis deyiladi. Ponasimon suyakning tanasi g'ovakli suyaklar turkumiga kiradi. Uning ichida havo saqlaydigan bo'shliq - sinus sphenoidalis bo'ladi. Bu bo'shliq oldingi yuzada joylashgan qirraning ikki yonidagi aperturae sinus sphenoidalis vositasida burun bo'shlig'iga ochiladi. Havo saqlaydigan bo'shliq to'siq - septum sinium sphenodalium vositasida ikkiga ajraladi. Ponasimon suyak tanasining kalla bo'shlig'iga qaragan yuqori yuzasining o'rta qismida egarga o'xshagan soha - sella turcica bo'lib, uning o'rtasida gipofiz bezi joylashadigan chuqurcha - fossa hypophysialis bo'ladi Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling