Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Kallaning yuz qismi suyaklari.Yuqori jag’ suyagi


Download 96.41 Kb.
bet11/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

15.Kallaning yuz qismi suyaklari.Yuqori jag’ suyagi.
Kallaning yuz qismini juft bo'lgan: yuqori jag', yonoq, tanglay, ko'z yoshi, burun, pastki burun chig'anog'i suyaklari va toq bo'lgan: pastki jag', dimog', til osti suyaklari tashkil etadi.
Yuqori jag' - maxilla kallaning yuz qismini hosil etishda qatnashadigan, g'ovakli suyaklar guruhiga kiradi. Bu suyakda tanasi - corpus maxillae va to'rtta o'simtasi tafovut etiladi. Peshona suyagi bilan birlashadigan yuqori tarafga yo'nalgan o'simtaga - processus frontalis, tanglay suyagi bilan birlashadigan o'simtaga - processus palatinus, yonoq suyagi bilan birikuvchi o'simtaga - processus zygomaticus, tishlar joylashadigan o'simtaga - processus alveolaris deyiladi. Yuqori jag' suyagining ichida katta, havo saqlaydigan bo'shliq - sinus maxillaris bo'lib, burun bo'shlig'i bilan aloqa bog'laydi
Yuqori jag' suyagining tanasida to'rtta yuza tafovut etiladi.
__ oldingi yuza - facies anterior
__ ko'z kosasi yuzasi - facies orbitalis;
__ chakka osti yuzasi - facies infratemporalis;
__ burun yuzasi - facies nasalis

16.Kallaning yuz qismi suyakalri.Yonoq,dimog’,ko’z yoshi,burun suyagi.
Yonoq suyagi - os.zygomaticum old tarafidagi pastki uchi vositasida yuqori jag' suyagi bilan birlashadi. Ustki burchagi peshona suyagi bilan birlashganligi uchun peshona o‘simtasi processus frontalis, pastki yon tarafdan chakka suyagi bilan birikkanligi uchun chakka o'simtasi - processus temporalis hosil bo'ladi.Yonoq suyagida yon yuza - facies lateralis, ko‘z kosasiga qaragan yuza - facies orbitalis, chakka yuzasi - facies temporalis tafovut etiladi.
Dimog' suyagi - vomer to'rt qirrali, yassi suyaklar guruhiga kiradi. Yuqori qirrasi ikki qanotga bo'linib, ala vomeris deb ataladi. Bu qanotlar orasiga ponasimon suyak qirrasi kirib turadi. Dimog' suyagining pastki qirrasi yuqori jag' suyagining burun bo'shlig'iga qaragan qirrasi - crista nasalis bilan va tanglay suyagining shunday qirralari bilan, oldingi qirrasi esa g'alvirsimon suyakning perpendikular plastinkasi bilan birlashadi. Orqa qirrasi erkin holda turib, burun bo'shlig'ini ikkiga bo'ladi. Dimog'i suyagining ikki yon yuzasida burun-tanglay - sulcus vomeris egatlari bo'lib, kesuv tishlar orasidagi teshik tomonga yo'naladi. Dimog' suyagining orqa sohasida qirralar bo'lib - crista choanalis vomeris, ponasimon qismiga - pars cuneiformis vomeris deyiladi.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling