Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Kallaning yuz qismi suyaklari.Pastki jag’ suyagi.Til osti suyagi


Download 96.41 Kb.
bet13/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

18.Kallaning yuz qismi suyaklari.Pastki jag’ suyagi.Til osti suyagi.
Pastki jag' suyagi, kalla suyaklari bilan harakatchan birlashadi. Bu suyak gorizontal joylashgan tana - corpus mandibulae va vertikal yo'nalgan shoxlar - ramus mandibulae dan iborat. Pastki jag' suyagining tanasi uning asosi - basis va tishlar joylashadigan alveolar qism - pars alveolaris lardan tashkil topadi. Suyak tanasi tashqi yuzasining o'rtasida engak do'mbog'I - protuberantia mentalis bo'ladi. Bu qism o'z navbatida ikkita tepalik - tuberculi mentales dan tashkil topadi. Bu tepaliklarning yon tarafida pastki jag' kanalining yakuni engak teshigi - foramen mentale ko'rinadi. Ko'pincha bu teshik 4 va 5 chi tishlar sohasida uchraydi.
Pastki jag' suyagi shoxlari - ramus mandibulae ikkita o'simtadan hosil bo'ladi. Oldinda joylashgan tojsimon o'simta - processus coronoideus ga chakka mushagi birlashadi. Orqada joylashgan o'simta pastki jag' bo'g'imini hosil qilishda qatnashadi va processus condylalaris deb ataladi.
Til osti suyagi - os hyoideum kalla suyaklarini hosil qilishda qatnashmaydi. U bo'yin mushaklari orasida joylashadi. Uning joylashishi VI bo'yin umurtqasi sohasiga to'g'ri keladi. Kalla suyaklari bilan boylam va mushaklar vositasida birlashadi. Til osti suyagida tanasi - corpus, juft holdagi katta shoxlar - cornua majora va kichik shoxlar - cornua minora tafovut etiladi

19.Butun kalla.Kalla qopqog’i.Kalla tubi.
Butun kalla - cranium da ikki qism: kallaning yuz qismi - cranium faciale va miya joylashadigan qismi - cranium cerebrale tafovut etiladi. Kallaning miyani saqlaydigan qismi uning tepadagi tom qismi - calvaria va tubi yoki asosi - basis qismlariga bo'linadi Bu qismlar orasidagi chegara tashqi ensa bo'rtig'i, so'rg'ichsimon o'simtalar, tashqi eshituv teshiklari va yonoq ravoqlari bo'ylab yo'naladi. Kalla suyagining asosi o'z navbatida ikki yuzaga: kalla asosining tashqi yuzasi - basis cranii externa va kalla asosining ichki yuzasi - basis cranii interna ga bo'linadi. Kalla tubining tashqi yuzasi - basis cranii externa o'z navbatida uch yuzaga bo'lib o'rganiladi. Oldingi yuza kesuv tishlardan qattiq tanglay yakunigacha davom etadi. O'rta yuzaning orqa chegaralari so'rg'ichsimon o'simtalarni birlashtiruvchi chiziq bo'lib hisoblanadi. Kalla tubining ichki yuzasi uch chuqurchadan tashkil topadi: oldingi - fossa cranii anterior; o'rta - fossa cranii media; orqa - fossa cranii posterior
KALLA TUBINING TASHQI YUZASI - BASIS CRANII EXTERNA
Bu yuzaning orqa sohasi ensa suyagidan hosil bo'lib, uning tashqi tarafida tashqi ensa bo'rtig'i - protuberentia occipitalis externa ko'rinadi. Bu bo'rtiqdan pastga qarab, ensaning tashqi qirrasi - crista occipitalis externa yo'naladi. Bu sohada qirraga nisbatan ko'ndalang yo'nalgan, mushaklar birlashadigan chiziqlar tafovut etiladi. Eng yuqoridagi chiziq - linea nuchae suprema deyilsa, pastki chiziq - linea nuchae inferior deb ataladi. Bu chiziqlar orasida esa linea nuchae superior joylashadi.
KALLA TUBINING ICHKI YUZASI - BASIS CRANII INTERNA
Kalla tubining ichki yuzasi - basis cranii interna da uchta chuqurcha bo'ladi: oldingi, o'rta va orqa - fossa cranii anterior, media et posterior. Oldingi va o'rta chuqurchalarda bosh miya joylashsa, orqa chuqurchada miyacha va uzunchoq miya joylashadi. Oldingi va o'rta chuqurchalar orasidagi chegara asosiy suyakning kichik qanotlari orqali o'tadi.


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling