Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Tizza bo’g’imi.Bog’lamlari


Download 96.41 Kb.
bet21/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

35.Tizza bo’g’imi.Bog’lamlari.
Tizza bo'g'imini hosil qilishda son suyagining pastki uchidagi yuzalar, katta boldir suyagining ustki yuzasidagi bo'g'im yuzalari va tizza qopqog'i patella suyagi qatnashadi. Son suyagining bo'g'im yuzalari qabariq bo'ladi
Tizza bo'g'imi ichidagi boylamlar;

  1. lig.transversum genus - meniscus lateralis et medialis tog'aylarining oldingi chekkalarini o'zaro birlashtiradi;

  2. lig.cruciatum anterius - oldingi xochsimon boylam: son suyagidagi condylus lateralis do'mbog'ining ichki yuzasi bilan katta boldir suyagidagi area intercondylaris anterior chuqurchalari orasida joylashgan;

  3. lig.cruciatum posterius - orqadagi xochsimon boylam: son suyagidagi condylus medialis do'm bog'ining ichki yuzasidan boshlanib, katta boldir suyagidagi area intercondylaris posterior chuqurchasigacha tortiladi.

Tizza bo'g'imi kapsulasining tashqi yuzasidagi boylamlari:

  1. ig.collaterale tibiale - son suyagidagi epicondylus medialis o'simtasidan

  2. lig.collaterale fibulare - son suyagidagi epicondylus lateralis o'simtasidan boshlanib, kichik boldir suyagining boshchasiga birikadi;

  3. lig.patellae - sonning to'rt boshli mushak payining davomi bo'lib, tizza qopqog'i suyagi bilan katta boldir suyagidagi tuberositas tibiae sohasigacha davom etadi. Bu boylam tarkibida tizza qopqog'ining medial tutamlari retinaculum patellae mediale va lateral tutamlar retinaculum patellae laterale tafovut etiladi.

36. Boldir-oshiq bo’g’imi.Oyoq kaft usti,kaft,barmoqlar birlashuvi.
BOLDIR SUYAKLARI BILAN OSHIQ SUYAGI ORASIDAGI BO'G'IM - ART.TALOCRURALIS
Bu bo'g'im katta va kichik boldir suyaklarining pastki uchidagi bo'g'im yuzalari bilan oshiq suyagining g'altak qismi - trochlea tali dagi bo'g'im yuzalari facies articularis superior orasida hosil bo'ladi
Bo'g'im yuzalari pishiq fibroz kapsula - capsula articularis bilan o'ralgan bo'lib, oshiq suyagining bo'yin qismigacha yo'naladi. Bu bo'g'im quyidagi boylamlar bilan mustahkamlangan:

  1. lig.collaterale mediale deltoideum medial to'piqdan boshlanib, pastki sohada oshiq suyagiga pars tibiotalaris anterior et posterior, tovon suyagiga, pars tibiocalcanea va qayiqsimon suyaklarga pars tibionavicularis holatlarida birikadi;

  2. lig.collaterale laterales lateral yonlama boylam, o'z navbatida quyidagi boyсlamlardan tashkil topgan:

  3. lig.talofibulare anterior - lateral to'piq bilan oshiq suyagi orasida joylashadi

  4. lig.talofibulare posterior - lateral to'piqning orqa yuzasi bilan oshiq suyagi orasida joylashadi;

  5. lig.calcaneofibulare - lateral to'piq bilan tovon suyagi orasida joylashadi. Art. Talocruralis - shakl jihatidan g'altaksimon bo'g'imlar guruhiga kiradi. Harakatjihatidan bu bo'g'im bir o'qli bo'lib, frontal sathda yuqoriga harakat - yozish bo'lsa, pastga harakat - bukish bo'ladi.

OYOQ PANJASINING KAFT USTI SUYAKLARI ORASIDAGI BO'G'IMLAR GURUHI - ARTICULATIONES INTERTARSEAE
Bu guruh 4 ta alohida bo'g'imni o‘z ichiga oladi:

  1. art.subtalaris - oshiq suyagi ostidagi bo'g'im:oshiq va tovon suyaklarining bo'g'im yuzalari orasida hosil bo'ladi.Bo'g'im quyidagi boylamlar vositasida mustahkamlanadi:

  2. lig.talocalcaneum laterale - oshiq-tovon yon boylami;

  3. lig.talocalcaneum mediale - oshiq-tovon medial boylami;

  4. lig.talocalcaneum posterius - oshiq-tovon orqa boylami.

Articulatio tarsi transversae - oyoq suyaklari orasidagi ko'ndalang bo'g'im ikkita bo'g'imdan iborat:

  1. art.talocalcaneonavicularis - oshiq suyagi, tovon suyagi va qayiqsimon suyaklar orasidagi bo'g'im yuzalari orasida joylashadi;

  2. art.calcaneocuboidea tovon suyagi bilan kubsimon suyaklar orasidagi bo'g'im yuzalari hisobiga hosil bo'ladi. Bu ikki bo'g'im lig.calcaneonaviculare plantare vositasida mustahkamlanadi;

  3. art.cuneonavicularis ponasimon va qayiqsimon suyaklarning bo'g'im yuzalari hisobiga hosil bo'ladi.

  4. Bu bo'g'imlaming ikkitasiga, ya'ni tovonkubsimon bo'g'im art.calcaneocuboidea hamda oshiq - qayiqsimon bo'g'im art.talonaviculare larga umumiy bo'g'im art.tarsi transversa oyoq panjasining kaft usti ko'ndalang bo'g'imi deb ataladi. Ko'ndalang bo'g'imni mustahkamlab turadigan boylam - lig.bifurcatum bo'lib, o'z navbatida bu boylam ikki tutamdan: lig.calcaneonaviculare va lig.calcaneocuboideum lardan hosil bo'ladi. Oyoq panjasidagi kaft usti suyaklari orasida quyidagi bo'g'imlar bo'ladi (170-rasm).

Oyoq panjasining kaft suyaklari va barmoq (falang) suyaklari orasidagi bo'g'im - art.metatarsophalangeae. Bu bo'g'imlar kaft suyaklarining boshchasi bilan proksimal falang suyaklari orasida hosil bo'ladi. Bo'g'imlar quyidagi boylamlar bilan mustahkamlangan
Falang (barmoq) suyaklari orasidagi bo'g'imlar - art.interphalangeae pedis yon taratidan lig.collateralia va lig.plantaria boylami bilan mustahkamlangan. Oyoq panjasida faqat odamlarga xos bo'lgan gumbazlar bo'ladi.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling