Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Orqaning yuza,chuqur mushaklari
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
39.Orqaning yuza,chuqur mushaklari.
1. M. trapezius trapetsiyasimon mushak __trapetsiyasimon mushakning tushuvchi qismi pars descendens ensa suyagining bo'rtig'idan, lig.nuchae boylamidan. VII bo'yin murtqasining qirrali o'simtasidan boshlanadi. Birikish sohasi - o'mrov suyagining lateral qismi va kurak suyagining acromion o'simtasining medial yuzasiga to'g'ri keladi. Vazifasi: kurak suyagini va yelkani ko'taradi. bo'yinni qarama-qarshi tarafga buradi. __trapetsiyasimon mushakning ko'ndalang qismi - pars transversa I-IV ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanadi. Birikish sohasi kurak suyagining spina scapulae o'simtasining ustki yuzasiga va acromion o'simtasining medial chekkasiga birikadi. Vazifasi: kurak suyaklarini o'zaro yaqinlashtiradi va tashqi tarafga buradi. __Trapetsiyasimon mushakning ko'tariluvchi qismi pars ascendens I-XII ko'krak murtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanadi. Kurak suyagining spina scapulae o'simtasiga birikadi. Vazifasi: kurak suyagini va yelkani pastga tortadi, uni lateral tarafga buradi. Innervatsiyasi: n.accessorius (XI) (C2 - C4). 2. M. Latissumus dorsi - orqaning serbar (keng) mushagi. Boshlanish sohasi - pastki to'rtta ko'krak va bel umurtqalarining qirrali o'simtasidan, dumg'aza suyagining o'rta o'simtasidan, yonbosh suyagi qirrasining orqa qismidan hamda pastki to'rtta qovurg'aning orqa sohasidan boshlanadi. Birikish sohasi – yelka suyagi kichik bo'rtig'ining qirrasi - crista tuberculi minoris ga birikadi. Vazifasi: yelka sohasini yozadi va ichkariga buradi. Qovurg'alardan boshlanganligi uchun, nafas olishda qatnashadi. Innervatsiyasi: n. thoracodorsalis (C 6 - C 8) 3. M. rhomboideus major et m. romboideus minor - katta va kichik rombsimon mushaklar. Boshlanish sohasi - ikki pastki bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasi va to'rtta yuqorigi ko'krak umurtqasining qirrali o'simtalaridan boshlanadi. Birikish sohasi - kurak suyagining medial qirrasiga birikadi. Vazifasi: kurak suyagini ichki tarafga va yuqoriga tortadi. Innervatsiyasi: n. dorsalis scapulae (C4 - C5). 4. M. levator scapulae kurakni ko'taruvchi mushak. Yuqorigi to'rtta bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtalaridan boshlanadi va kurak suyagining ustki burchagiga birikadi. Vazifasi: mushakning nomidan ma'lum: Kurakni yuqoriga ko'taradi hamda bo'yinni buradi va bukadi. Innervatsiyasi:n.dorsalis.scapulae.(C3 - C5), plexus.cervicalis. 5. M. serratus posterior superior - orqaning yuqori tishsimon mushagi. Pastki ikkita bo'yin va yuqorigi ikkita ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanib, II -V qovurg'alarda tugaydi. Vazifasi: qovurg'alami ko'taradi. Innervatsiyasi: n.n. intercostales (Thl - Th4). 6. M. serratus posterior inferior - orqaning pastki tishsimonn mushagi. Pastki ikkita ko'krak va yuqorigi ikkita bel umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanib, IX-XII qovurg'alarda tugaydi. Vazifasi: qovurg'alami pastga tortadi. Innervatsiyasi: n.n. intercostales (Th9 - Thl 2). Birikish sohasi - ostidagi umutqaning so'rg'ichsimon o'simtasiga birikadi. Musculi spinotransversales qirrali va ko'ndalang o'simtalar orasidagi mushak. Mushak tarkibida qayishsimon mushak - m. splenius bo'lib, u ham o'z navbatida kalla va bo'yin mushaklaridan hosil bo'ladi (174-177-rasmlar). M. splenius capitus et cervicis kallaning va bo'yinning qayishsimon mushagi. Pastki beshta bo'yin va oltita yuqorigi ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanib m. splenius capitus ensa suyagining yuqori chizigi linea nuchae superior va chakka suyagining so'rg'ichsimon o'sig'i - processus mastoideus ga birikadi. Bo'yin qismi m. splenius cervicis esa II, bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtalariga birikadi. Vazifasi: bir tomonlama qisqarganda mushak joylashgan tarafga kallani buradi. Ikki tomonlama qisqarganda kallani orqa tarafga tortadi, bo'yin umurtqalarini yozadi. M. erector spinae - gavdani tiklaydigan mushak. Boshlanish sohasi dumg'aza suyagining orqa yuzasidan. bel umurtqalarining qirrali o'simtalaridan, yonbosh suyagining qirrasidan va fascia thoracolumbalis dan boshlanadi. Bu mushak ensa suyagigacha yo'nalib birikish sohasiga nisbatan uch qismga bo'linadi m m. intertransversi posteriores cervicis et lumborum orqaning ko'ndalang o'simtalari orasida joylashgan mushaklar. Mushakning bel qismi - m.m.intertransversarii thoraces, bo'yin qismi - m.m.intertransversarii posteriores mediales cervicalis deb ataladi. M. transversospinalis - umurtqalarning ko'ndalang o'simtalari bilan qirrali o'simtalari orasidagi mushaklar. Qavatma-qavat joylashib uch guruhga bo'linadi: yuza qavatda m. seinispinalis gavda orqasining yarim qirrali mushagi joylashadi. Bu mushak ko'ndalang o'simtalardan boshlanib, o'zyo'nalishida 5-6 ta umurtqani tashlab o'tib qirrali o'simtaga birikadi. M.m. interspinales qirrali o'simtalar orasidagi mushaklar. Umurtqa pog'anasining bo'yin va bel sohalarida uchraydi. Mushakning bel qismiga - m.m. interspinales lumborum, ko'krak qismiga m.m.interspimales thoracis, bo'yin qismiga - m.m.rotatores interspimales cervicis deb ataladi. Vazifasi: umurtqa pog'anasini yozadi 6. 6.M. quadratus lumborum - belning kvadrat mushagi. Boshlanish sohasi - lig.iliolumbale boylamidan va chanoq suyagidan yon bosh qirrasining ichki labidan boshlanadi. Birikish sohasi - oxirgi qovurg'aning pastki qirrasiga va I-IV bel umurtqasining ko'ndalang o'simtalariga birikadi. Vazifasi: tanani yon tarafga bukadi, oxirgi qovurg'ani tushiradi. 7.M.m. levatores costarum - qovurg'alami ko'taruvchi mushaklar. Boshlanish sohasi - 7-11 ko'krak umurtqalarining ko'ndalang o'simtalaridan boshlanadi. Birikish sohasi - kalta qovurg'alami ko'taruvchi mushaklar ostidagi qovurg'alar burchagiga birikadi. Uzun qovurg'alami ko'taruvchi mushaklar bitta qovurg'ani tashlab, qovurg'alar burchagiga birikadi. Vazifasi: qovurg'alami ko'taradi, umurtqa pog'anasini bukadi va aylantiradi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling