Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Qorin mushaklari.Qorin yon devori mushaklari
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
42.Qorin mushaklari.Qorin yon devori mushaklari.
QORIN MUSHAKLARI - MUSCULI ABDOMINIS m. obliquus externus abdominis - qorinning tashqi qiyshiq mushagi. Boshlanish sohasi:ko'krak qafasining yon sohasidagi pastki 8 ta qovurg'adan, pastki tutamlari esa yonbosh suyagi qirrasining tashqi labidan boshlanadi. Bu mushak tutamlari pastga va old tarafga yo'nalib, qorinning o'rta chizig'i sohasida qarama-qarshi tarafdagi shu nomli mushak paylari bilan qo'shiladi 2. m.obliquus internus abdominis - qorinning ichki qiyshiq mushagi. Boshlanish sohasi: yonbosh suyagi qirrasining o'rta chizig'idan, orqa tutamlari bel sohasidagi fascia thoracolumbalis dan, yuqori tutamlari esa pastki 3-4 qovurg'aning tashqi yuzasidan boshlanadi. Bu mushak tashqi qiyshiq mushakning ostida joylashib, tutamlaming yo'nalishi pastdan va orqadan - yuqori va oldingi tarafga boladi. Oldingi tarafda uning paylari ham serbar payga davom etgan holda, qarama-qarshi tarafdagi shu nomli mushak paylari bilan o'rta chiziq sohasida birlashadi (180-181-rasmlar). 3. m. transversus abdominis - qorinning ko'ndalang mushagi. Boshlanish sohasi - pastki 6 ta qovurg'aning ichki yuzasidan, orqa tutamlari - fascia thoracolumbalis dan, pastki tutamlari yonbosh suyagi qirrasining ichki labidan. Oldingi sohada bu mushak serbar payga aylanib, qorinning o'rta chizig'i sohasida qarama-qarshi tarafdagi shu nomli mushak paylari bilan birlashadi. 4. m. rectus abdominis - qorinning to'g'ri mushagi. Boshlanish sohasi V, VI,VII qog'urg'alarning tog'ay qismidan va to'sh suyagining xanjarsimon o'simtasidan. Birikish sohasi qov suyagining bo'rtiq qismiga birikadi. Qorin to'g'ri mushagi 3-4 ta ko'ndalang paylar intersections tendineae vositasida qisqa bo'laklarga bo'linib turadi. 5. m. pyramidalis - piramidasimon mushak qorin to'g'ri mushagining pastki sohasida, qov suyaklarining o'zaro birikish chegarasida, uchburchak shaklidagi kichik mushak bo'lib hisoblanadi. Qorin mushaklari tanani bukadi, qovurg'alami pastga tortib nafas chiqarishda qatnashadi va qorin bo'shlig'idagi bosimni oshiradi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling