Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Elka mushaklari.Orqa guruh mushaklari


Download 96.41 Kb.
bet29/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

47.Elka mushaklari.Orqa guruh mushaklari.
Yelkaning orqa guruh mushaklari
1. M. triceps brachii yelkaning uch boshli mushagi. Uzun boshchasi - caput longum kurak suyagining tuberositas infraglenoidale bo'rtig'idan, tashqi boshchasi - caput laterale yelka suyagining orqa yuzasidan, ichki boshchasi - caput mediale yelka suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bu boshchalar umumiy payga aylangan holda tirsak suyagining olecranon o'simtasiga birikadi.
Vazifasi: bilakni tirsak bo'g'imida yozadi. Yelka bo'g'imida qo'l yoziladi va tanaga yaqinlashtiriladi.
2. M. anconeus tirsak mushagi. Yelka suyagining epicondylus lateralis o'simtasidan boshlanib, tirsak suyagining orqa yuzasiga birikadi.
Vazifasi: bilakni tirsak bo'g'imida yozadi. M. articularis cubiti tirsak bo'g'imining mushagi tirsak mushagining bir qismi hisoblanadi.


48.Bilak mushaklari.Oldingi guruh yuza mushaklar.
Bilak mushaklari ikki guruhni tashkil etadi
__bilakning oldingi guruh mushaklari: bukuvchi va ichkariga buruvchi pronator mushaklaridan tashkil topadi
Oldingi guruh mushaklari - yuza mushaklar
1. M. pronator teres - bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'simtasidan va tirsak suyagining bo'rtig'i tuberositas ulnae dan boshlanib, bilak suyagining tashqi yuzasiga birikadi. Mushakda caput humerale va caput ulnare boshchalari bo'ladi.
Vazifasi: bilakni ichkariga buradi va tirsak bo'g'imida bukadi.
2. M. flexor carpi radialis - qo'l panjasini bilak tarafga bukuvchi mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'simtasidan boshlanib, ikkinchi kaft suyagining asosiga birikadi.
Vazifasi: qo‘1 panjasini bukadi va tirsak bo'g'imida bukishda va ichkariga burishda qatnashadi.
3. M. palmaris longus - kaftning uzun mushagi. Yelka suyagining epicondylus medialis o'simtasidan boshlanib, ingichka payga davom etadi va kaftdagi aponevrosis palmaris payida tugaydi.
Vazifasi: kaft aponevrozini taranglaydi hamda kaftni bukadi.
4. M. flexor carpi ulnaris - qo'l panjasini bukuvchi tirsak tarafdagi mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'simtasidan boshlanib, kaft oldi sohasidagi no'xotsimon suyakka birikadi. Mushakda caput humerale va caput ulnare boshchalari bo'ladi.
Vazifasi; qo'l panjasini tirsak tarafga bukadi.
5. M. flexor digitorum superficialis - barmoqlarni bukuvchi yuza mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'simtasidan, tirsak suyagining tojsimon o'simtasi - processus coronoideus dan, bilak suyagining yuqori uchidan boshlanib, paylari to'rtga bo'lingan holda, II-V barmoqlarning o'rta falangalari asosiga birikadi. Mushakda caput humeroulnare va caput radiale boshchalari bo'ladi. Vazifasi: II-V barmoqlarni bukadi.


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling