Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Download 96.41 Kb.
bet37/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

Medial guruh:

  1. M. longus colli - bo'yinning uzun mushagi. O'z navbatida bu mushak ham ikki xil toladan tashkil topgan: medial tolalar I-III ko'krak umurtqalarining tanasidan, V, VI, VII bo'yin umurtqalaridan boshlanib, II, III, IV bo'yin umurtqalarinin tanasiga va V, VI, VII bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtalariga birikadi. Bo'yin uzun mushagining lateral tutamlari II-VI bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtalaridan boshlanib, I bo'yin umurtqasining oldingi bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: bir tomonlama qisqarsa bo'yin yonga, ikki tomonlama qisqarsa oldinga bukiladi.

  2. M. longus capitis - boshning uzun mushagi. Bu mushak IIl-VI bo'yin umurtqalaridan boshlanib, ensa suyagining pars basilaris qismiga birikadi. Vazifasi: ikki tomonlama qisqarganda boshni oldinga bukadi, bir tomonlama qisqarganda bosh yon tomonga buriladi, boshni mustahkamlaydi.


60.Bosh mushaklari.Chaynov,mimika,ichki a’zolarga taaluqli mushaklar.
Boshdagi mushaklar uch guruhga bo'linadi:
Chaynov mushaklari
Bu guruh mushaklar pastki jag' suyagini harakatga keltiradigan mushaklar guruhidan hosil boladi
1. Xususiy chaynov mushagi - m. masseter pastki jag'ning tashqi yuzasida joylashib, uch qismdan tashkil topgan: yuza, oraliq va chuqur tutamlar. Yuza tutamlari - pars superficialis yonoq ravog'ining pastki qirrasidan va ichki yuzasidan boshlanib, pastki jag' burchagidagi chaynov do'mbog'i - tuberositas masseterica da yakunlanadi.
Oraliq tutamlari - pars intermedia yonoq ravog'ining ichki yuzasidan hamda chakka suyagidagi bo'g'im do'mbog'idan boshlanib, pastki jag' suyagi shohining tashqi yuzasiga birikadi.
Chuqur tutamlar - pars profunda yonoq ravog'ining ichki yuzasidan, hamda yonoq suyagidan boshlanib, chakka mushagi paylariga birikib ketadi. Chaynov mushagining yuza tutamlari pastki jag'ni oldinga, oraliq va chuqur tutamlari yuqoriga harakatlantiradi
2.Chakka mushagi - m. temporalis chakka chuqurchasi sohasidagi asosiy suyak katta qanotining chakka yuzasidan hamda chakka osti qirrasidan, tepa suyagidan, peshona suyagi pallasidan. yonoq suyagi chakka yuzasidan boshlanib, pastki jag' suyagining toj o'simtasiga, pastki jag'ning jag' o'ymasi sohasidagi pastki jag' suyagi shoxiga birikadi.Chakka mushagining oldingi va o'rta tutamlari pastki jag'ni ko'taradi, orqa tutamlari esa uni orqaga tortadi.
3. Lateral qanotsimon mushak - m. pterygoideus lateralis. Bu mushak yuqori va pastki - caput superius, caput inferius boshchalari sifatida boshlanadi va chakka osti chuqurchasida joylashadi. Yuqori boshchasi ponasimon suyakning chakka osti yuzasi va qirrasidan boshlanib, chakka pastki jag' bo'g'imining kapsulasiga va bo'g'im ichidagi tog'ay diskiga birikadi. Pastki tutamlar esa lateral qanotsimon o'simtalardan boshlanib, pastki jag' suyagi bo'ynidagi qanotsimon chuqurchada yakunlanadi. Lateral qanotsimon mushak ikki tarafda qisqarganda pastki jag' suyagini oldinga harakatlantiradi. Bir tomonlama qisqarishi natijasida pastki jag' qarama-qarshi tarafga harakatlanadi.
4. Medial qanotsimon mushak - m. pterygoideus medialis. Asosiy suyakdagi qanotsimon o'simtalar orasidagi chuqurchadan boshlanib, pastki jag' burchagining ichki yuzasida joylashgan qanotsimon bo'rtiqlarda yakunlanadi. Ikki taraflama qisqarishi pastki jag'ni yuqoriga tortadi. Bir tomonlama qisqarishi natijasida, pastki jag' qarama-qarshi tarafga yo'naladi

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling