Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Bilak mushaklari.Oldingi guruh chuqur mushaklar
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50.Bilak mushaklari.Orqa guruh yuza mushaklar.
49.Bilak mushaklari.Oldingi guruh chuqur mushaklar.
Bilak oldingi guruhining chuqur mushaklari 1. M.flexor pollicis longus - bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'simtasidan, bilak suyagining oldingi yuzasidan va bo'rtig'i - tuberositas radii dan boshlanib, bosh barmoq tirnoq falangasining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni bukadi. 2. M. flexor digitorum profundus - barmoqlarni bukuvchi chuqur mushak. Tirsak suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, to'rtta payga ajraladi va II-V barmoqlarning tirnoq falangalariga birikadi. Vazifasi: II-V barmoqlarni bukadi. 3. M. pronator quadratus - bilakni ichkariga buruvchi (pronatsiya) kvadrat mushak. Tirsak suyagi pastki uchining oldingi yuzasida boshlanib, bilak suyagining oldingi yuzasiga birikadi. Vazifasi: bilakni ichkariga buradi (pronatsiya) 50.Bilak mushaklari.Orqa guruh yuza mushaklar. Bilakning orqa guruh yuza mushaklar 1. M. brachioradialis - yelka-bilak mushagi. Yelka suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, bilak suyagi pastki uchidagi bigizsimon o'simta ustiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo'g'imida bukadi. 2. M. extensor carpi radialis longus - qo'l panjasini yozuvchi bilak tarafidagi uzun mushak. Yelka suyagining epicondylus lateralis o'simtasidan va yon yuzasidan boshlanib, II kaft suyagi asosining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: qo'l panjasini bilak tarafga yozadi. 3. M. extensor carpi radialis brevis - qo'l panjasini yozuvchi bilak tarafidagi kalta mushak. Yelka suyagining epicondylus lateralis o'simtasidan boshlanib, III kaft suyagi asosining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: qo'1 panjasini bilak tarafiga yozadi. 4. M. extensor digitorum - barmoqlarni yozuvchi mushak. Yelka suyagining epicondylus lateralis o'simtasidan boshlanib, II-V barmoqlar o'rta falangasi va tirnoq falangalarining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni yozadi. M. extensor digiti minimi - jimjiloqni (V barmoq) yozuvchi mushak. Barmoqlarni yozuvchi mushak paylaridan ajraladi va V barmoqqa birikadi. Vazifasi: jimjiloqni yozadi va tirsak tarafga uzoqlashtiradi. M. extensor carpi ulnaris - qo'l panjasini yozuvchi tirsak tarafdagi mushak. Yelka suyagining epicondylus lateralis o'simtasidan va tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, V kaft suyagining bo'rtig’i - tuberositas ossis metacarpi V ga birikadi. Mushakda caput humerale va caput ulnare boshchalari boladi. Vazifasi: qo'l panjasini yozadi va tirsak suyagi tarafga buradi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling