Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Download 96.41 Kb.
bet28/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

45.Elka kamari mushaklari.
1.M. deltoideus - deltasimon mushak. Boshlanish sohasi - oldingi tutamlari o'mrov suyagining lateral uchidan; orqa tutamlar kurak suyagining qirrasi - spina scapulae va kurak suyagining akromial o'simtasidan boshlanadi. Yelka suyagining — tuberositas deltoideus bo'rtig'iga birikadi. Mushakda - pars clavicularis, pars acromialis, pars spinalis qismlari bo'ladi
Vazifasi: oldingi tutamlari yelkani bukadi, orqa tutamlar yelka bo'g'imida yozadi, o'rta guruh tutamlari - qo'lni gorizontal sathgacha gavdadan ko'taradi.
2.M. supraspinatus - kurak qirrasi ustidagi mushak. Kurak suyagining fossa supraspinata chuqurchasidan boshlanadi. Yelka suyagining katta bo'rtiq - tuberositas major sohasiga birikadi.
Vazifasi: qo'lni tanadan uzoqlashtiradi va gorizontal sathgacha ko'taradi, hamda tashqi tarafga buradi.

  1. M. infraspinatus - kurak qirrasi ostidagi mushak. Kurak suyagidagi fossa infraspinata chuqurchasidan boshlanib, yelka suyagidagi katta bo'rtiq - tuberositas major sohasiga birikadi. Vazifasi: yelkani tashqariga buradi (supinatsiya).

  2. M. teres minor - kichik yumaloq mushak kurak suyagining tashqi qirrasi - margo lateralis dan boshlanib, yelka suyagining katta bo'rtig'i - tuberositas major ga birikadi.

Vazifasi: yelkani tashqariga buradi (supinatsiya).
5. M. teres major - katta yumaloq mushak. Kurak suyagining pastki burchagi angulus inferior dan boshlanib, yelka suyagining kichik bo'rtiq qirrasi - crista tuberculi minoris ga birikadi.
Vazifasi: qorinni orqaga hamda ichkariga tortadi va buradi (pronatsiya).

  1. M. subscapularis - kurak osti mushagi. Kurak suyagining shu nomli chuqurchasida joylashadi, qovurg‘a yuzasi - facies costalis ni to'ldirib va yelka suyagining kichik bo'rtig'i - tuberculum minus ga birikadi.

Vazifasi: qo‘lni ichkariga buradi (pronatsiya).


46.Elka mushaklari.Oldingi guruh mushaklari.
YELKA MUSHAKLARI
Yelka mushaklari ikki guruhga bo'linadi: oldingi va orqa guruh mushaklari
Oldingi guruh mushaklari
1.M. biceps brachii yelkaning ikki boshli mushagi. Uzun boshcha - caput longum kurak suyagining tuberculum supraglenoidale bo'rtig'idan boshlanadi. Kichik boshcha caput breve kurak suyagining tumshuqsimon o'simtasi - processus coracoideus dan boshlanadi. Bu ikki boshcha qo'shilib, umumiy payni hosil qilib, bilak suyagining bo'rtig'i - tuberositas radii ga birikadi. Mushakning pastki uchida serbar pay - aponeurosis musculi bicipitis hosil bo'ladi.
Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tanadan uzoqlashtiradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi (supinatsiya), tirsak bo'g'imida bukadi.
2. M. brachialis - yelka mushagi. Yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining bo'rtig'i tuberositas ulnae ga birikadi. Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tanadan uzoqlashtiradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi (supinatsiya), tirsak bo'g'imida bukadi.
3. M. corocobrachialis - tumshuqsimon yelka mushagi kurak suyagining tumshuqsimon o'simtasidan boshlanib, yelka suyagining medial yuzasiga birikadi. Vazifasi: yelkani bukadi va yaqinlashtiradi.


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling