Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
Mimika mushaklari
M. epicranius - kalla usti mushagi. U ikki xil mushakdan hosil bo'ladi. _m occipitofrontalis: _ m. temporaparietalis. 1. M. occipitofrontalis mushagida ensa qismi - venter occipitalis va oldingi - peshona qismi - venter frontalis bo'ladi. Har ikkala qorincha orasida keng, serbar pay - galea aponeurotica joylashadi. Peshona qorinchasi galea aponeurotica dan, ensa qorinchasi linea nuchae superior ning lateral 2/3 qismidan boshlanadi. Ensa qorinchasi galea aponeurotica ga, peshona qorinchasi esa qosh sohasidagi teriga va mushaklarga birikadi. Vazifasi: ensa qorinchasi galea aponeurotica ni taranglaydi, peshona qorinchasi peshona terisini va qoshlarni ko'taradi. 2. M.m.auriculares anterior, superior et posterior quloq suprasining oldingi, yuqorigi va orqa mushaklari rudemental holda saqlangan bo'ladi. Galea aponeurotica ning pastki qirrasidan va chakka suyagining so'rg'ichsimon o'simtasidan boshlanadi. Quloq suprasi asosiga va terisining ustki sohasiga birikadi. Vazifasi: quloq suprasini oldingi tarafga, orqaga va yuqoriga harakatlantirishi mumkin. 3. M. orbicularis oculi - ko'z kosasi atrofidagi aylana mushak. Bu mushakda ko'z kosasi qismi - pars orbitalis, qovoqlar qismi - pars palpebralis va ko'zyoshi qismi - pars lacrimalis tafovut etiladi. Boshlanish sohasi:I) ko'z kosasi qismi peshona suyagining burun qismidan, yuqori jag' suyagining peshona o'simtasidan; 2) qovoqlar qismi - lig. palpebrale mediale dan; ko'zyoshi qismi - ko'zyoshi suyagining orqa qirrasidan boshlanadi.Yakunlanish sohasi: raphe palpebralis lateralis va qosh terisiga birikadi. Vazifasi: I ) ko‘z tirqishiniyopadi; 2 )ko‘zyoshi xaltachasini kengaytiradi 4.M. corrugator supercilii - qoshlarni yaqinlashtiruvchi mushak. Peshona suyagining burun qismidan boshlanib, qosh terisida yakunlanadi. Vazifasi:qoshlami yaqinlashtiradi va burishtiradi. 5. M. depressor supercilii - qoshlami tushuruvchi mushak. 6. M. procerus - takabburlik mushagi. Burun suyagining pastki qismidan va burun tog‘ayidan boshlanadi. Qoshlar orasidagi terida yakunlanadi. Vazifasi: burunni chimiradi va qoshlarning medial uchlarini o‘zaro yaqinlashtiradi. 7. M. nasalis - burun atrofidagi mushak. Mushak tarkibida – pars transversa va pars alaris tutamlari bo'ladi. Ko'ndalang qismi: lateral kesuv tishlari sohasidagi alveolar bo'rtiqlardan, qanot qismi yuqori jag' suyagining ko'ndalang qismining medial sohasidan boshlanadi. Yakunlanish sohalari: burun tog'ayining orqa uchida va burun terisida tugaydi. Vazifasi: burun teshigini toraytiradi va uning qanotlarini pastga tortadi. 8.M. depressor septi nasi - burun to'sig'ini tushuruvchi mushak. 9. M. orbicularis oris - og'iz tirqishi atrofidagi aylana mushak. Mushak tarkibida chekkadagi qismi - pars marginalis va lablardagi qismi - pars labialis bo'ladi. Mushak og'iz tirqishi atrofida halqa shaklida joylashadi. Vazifasi: og'iz tirqishini yopadi va lablarni oldinga chiqaradi. 10. M. levator labii superioris - yuqori labni ko'taruvchi mushak. Boshlanish sohasi - yuqori jag' suyagining margo frontalis va processus frontalis hosilalarida. Yakunlanish sohasi - yuqori labning terisida. Vazifasi: yuqori labni ko'taradi. 11. M. levator anguli oris - og'iz burchagini ko'taruvchi mushak. Yuqori jag'ning foramen infraorbitalis teshigi octidan boshlanadi. Og'iz tirqishi burchagidagi mushaklarda va shu soha terisida yakunlanadi. Vazifasi: og'iz tirqishi burchagini ko'taradi. 12. M. zygomaticus minor - yonoq sohasidagi kichik mushak. Yonoq suyagining lateral yuzasidan boshlanadi. Yuqori labning mushak va terisida yakunlanadi. Vazifasi: yuqori labni ko'taradi. 13. M.zygomaticus major - yonoq sohasidagi katta mushak. Yonoq suyagining lateral yuzasidan boshlanadi. Og'iz buchagidagi mushak va terisida yakunlanadi. Vazifasi: og'iz tirqishi burchagini yuqoriga va tashqi tarafga tortadi. 14. M. depressor anguli oris - og'iz burchagini tushuruvchi mushak. Pastki jag' suyagi asosining oldingi yuzasidan boshlanadi. Og'iz tirqishi burchagiga birikadi. Vazifasi: og‘iz tirqishi burchagini pastga tortadi 15.M.depressor labii inferioris - pastki labni tushuruvchi mushak. Pastki jag' suyagining foramen mentale teshigi sohasidan boshlanadi. Pastki lab terisiga va shilliq qavatiga birikadi. Vazifasi: pastki labni tushuradi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling