Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Rentgenografiya,KT,MRT tekshiruvlari ahamiyati


Download 96.41 Kb.
bet22/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

37.Rentgenografiya,KT,MRT tekshiruvlari ahamiyati.
Kompyuter tomografiyasi va MRT - bu ikki xil tibbiy tasvirlash usuli bo'lib, ular suyak, bo'g'in va organlar kabi tananing ichki qismlarini batafsil tasvirini yaratadi.
Rentgenodiagnostika (rentgen va diagnostika) — rentgenologik tekshiruvga asoslanib, kasalliklarni aniqlash. Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari bor (rentgenografiyaning yana bir turi flyuorografiyadir). Rentgen nurlari odam tanasidan oʻtayotganda turli zichlikdagi toʻqimalarga turlicha yutiladi. Shu sababli, ekran yoki rentgenogrammada tasvir turlicha, yaʼni kora fonda oq dog, oq fonda qora dog boʻlib aks etadi, koʻkrak qafasi rentgen apparatida tekshiril ganda uning tasviri ekranga uch xil — suyak (qovurgʻa, oʻmrov va umurtka suyaklari) quyuq soya, yumshoq toʻqima (teri, yogʻ hujayralari, muskul, nerv, tomirlar) krramtir soya, oʻpka toʻqimasi oqish soya boʻlib tushadi, yalligʻlanish, oʻsma hosil boʻlgan joy qorayib, oʻpka toʻqimasining yemirilgan joylari (Mas, oʻpka kavernasi) oqarib koʻrinadi.
Rentgenologning vazifasi shu tasvirlarni taxlil qilib, kasalliklarni aniqlashdir. R.da baʼzi aʼzolar (Mas, suyak, yurak, oʻpka) tabiiy holicha, alohida tayyorgarlik koʻrmasdan tekshirilaveradi, baʼzi aʼzo va sistemalar (Mas, meʼda, qiziloʻngach, ichak va boshqalar)ni tekshirishda esa sunʼiy kontrastlik hosil qilinadi, yaʼni tekshirilayotgan organga rentgenkontrast moddalardan yuboriladi.
R. usuli kasalliklarni aniqlash va profilaktik tekshirishda keng tarqalgan. Oʻzbekistonning shahar va qishloklaridagi koʻpchilik kasalxona va poliklinikalar R. apparatlari bilan jihozlangan. Respublikadagi tibbiyot intlarining tegishli kafedralari va Oʻzbekiston rentgenologiya va radiologiya markazi R.ga oid ishlarga tashkiliymetodik rahbarlik qiladi. Hozirgi Oʻzbekisitonda oʻta zamonaviy yangi kompyuter va yadromagnitli tomografiya usullari keng qoʻllanmoqda.[


38.Miologiya.Mushaklar tasnifi.
Mushaklar - mushak tolalaridan hosil bo'lgan va asosiy vazifasi qisqarish bo'lgan anatomik hosilalar. Mushak to'qimasi katta yoshdagi odamlar og'irligining 28-45% ini, ayollarda 28-32% ini, keksalarda 30% gacha, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda - 20-22% ini, sportchilarda esa 50% dan ko'prog'ini tashkil qiladi. Mushak tolalari tuzilishiga ko'ra, mushaklar silliq mushaklarga va ko'ndalang targ'il mushaklarga bo'linadi. Ko'ndalang targ'il mushaklar esa yurak mushaklari va skelet mushaklar guruhidan hosil bo'ladi. Silliq mushaklar qon tomir devorlarida, ichki a’zolar devorida (traxeya, bronx, o'pka, oshqozon-ichak sistemasi a’zolarida, siydik chiqaruv a'zolarida, jinsiy a’zolarda) uchraydi. Ko'ndalang-targ'il mushaklarga: skelet mushaklari ko'zni harakatga keltiradigan mushaklar, yumshoq tanglay mushaklari, halqum, hiqildoq, qizilo'ngachning yuqori qismi, to'g'ri ichakning tashqi qisuvchi mushaklaridan hosil bo'ladi.
Shakliga ko'ra mushaklar: uzun,kalta,keng,kvadrat shaklidagi, deltasimon, piramidasimon, yumaloq, tishsimon va hokozo bo'lishi mumkin.Mushak tutamlarining yo'nalishi bo'yicha to'g'ri, qiyshiq, ko'ndalang. aylana mushaklar bo'ladi.Ularning bajaradigan vazifasiga nisbatan bukuvchi - flexio, yozuvchi - extensio, tanaga yaqinlashtiruvchi - adductio, tanadan uzoqlashtiruvchi - abductio, o'z o'qi atrofida aylantiruvchi rotatorius, ichki tarafga buruvchi - pronatio, tashqitarafga buruvchi - supinatio guruhlarga bo'linadi. Mushaklar bo'g'imlarga nisbatan: bir bo'g'imli - bir bo'g'im ustidan o'tuvchi; ikki bo'g'imli va ko'p bo'g'imli mushaklar guruhiga bo'linadi. Mushaklar joylashishiga nisbatan yuza, chuqur, medial, lateral, oldingi. orqadagi, tashqi, ichki guruhlarga ajraladi. Bir hil vazifani bajaruvchi mushaklar guruhiga - sinergist mushaklar, qarama-qarshi vazifani bajaruvchi mushaklar guruhiga - antagonist mushaklar, mushaklarning boshlanish nuqtasiga esa - punctum fixum deyiladi. Mushaklarning ikkinchi uchi esa tutamlaming qisqarishi natijasida harakatga keladi va punctum mobile deyiladi. Bu ikki nuqta orasida, ko'pchilik mushaklarda go‘shtdor-qorincha - venter qismi joylashadi. Har ikkala birikish nuqtasi nisbiy bo'lib, odam holatining o'zgarishi harakatsiz va harakatli nuqtalar o'rnining almashinuviga olib keladi.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling