Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Chanoq suyaklari birlashuvi


Download 96.41 Kb.
bet20/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

33.Chanoq suyaklari birlashuvi.
__ Chanoq suyaklarining qov sohasida - symphysis pubica birikuvi hosil bo'ladi. Bu birlashma qov suyaklaridagi facies symphysialis yuzalari orasida hosil bo'lib, tog'ay plastinka - discus interpubicus vositasida birlashadi. Birlashuv sohasining ustki chekkasida lig.pubicum superius va ostki yuzasida lig. pubicum inferius boylamlari joylashadi.
__ Dumg'aza-yonbosh bo'g'imi art. sacroiliaca shu suyaklarning quloqsimon yuzalari orasida hosil bo'ladi. Bu bo'g'imda harakat cheklanganligidan amfiartroz bo'g'imlar guruhiga kiradi.
Bo'g'im atrofida quyidagi boylamlar bo'ladi
1. lig.sacroiliaca interosseum yonbosh suyagining do'm bog'idan dumg'aza suyagiga tortilgan juda mustahkam paylardan tuziladi;
2. ligg.sacroiliaca anterius dumg'aza va yonbosh suyaklari orasida bo'lib, oldingi yuzalarni birlashtiradi.
3. ligg. sacroiliaca posterius - dumg'aza va yonbosh suyaklarining orqa yuzasini o'zaro birlashtiradi;
4. lig.iliolum bale - V bel umurtqasining ko'ndalang o'simtasi bilan yonbosh suyagi qirrasini o'zaro birlashtiradi;
5. lig.sacrotuberale - dumg'aza suyagi bilan yonbosh suyagidagi tuber ischii bo'rtig'i orasida tortiladi;
6. lig.sacrospinale - dumg'aza suyagi bilan yonbosh suyagidagi spina ischiadica o'simtalari orasida joylashadi. Oxirgi ikki boylam yonbosh suyagidagi katta va kichik o'ymalarni chanoqdagi katta hamda kichik teshik: foramen ischiadicus majus et minus larga aylantiradi;
7. chanoqdagi yopqich teshik fibroz parda - membrana obturatoria bilan qoplangan bo'ladi. Faqatgina sulcus obturatorius sohasi, qon tomir va nerv o'tadigan canalis obturatorius ga aylanadi.
__
34.Chanoq-son bo’g’imi.Bog’lamlari.
CHANOQ-SON BO'G'IMI - ART.SOXAE (ARTICULATIO COXOFEMORALIS)
Bu bo'g'im chanoq suyagidagi sirka kosachasi acetabulum chuqurchasi bilan son suyagining boshchasi orasida hosil bo'ladi (160-163-rasmlar). Sirka kosachasining qirg'og'i labrum acetabulare tog'ayi bilan qoplanganligidan bu bo'g'im yuzasi chuqurlashadi. Tog'ay tutamlari incisura acetabuli o'ymasi ustida lig.transversum acetabuli boylamiga aylanadi. Bo'g'im kapsulasi sirka kosachasining atrofidan boshlanib, son suyagidagi linea intertrochanterica va crista intertrochanterica sohalarigacha davom etadi.
Chanoq-son bo'g'imi kapsulasining tashqi yuzasida quyidagi boylamlar joylashgan bo'ladi:

  1. lig.iliofemoraie: spina iliaca anterior inferior dan boshlanib, son suyagidagi linea intertrochanterica ga birikadi. Bu boylamda ko'ndalang tutamlar - pars transversa va tushuvchi tutamlar - pars descendens tafovut etiladi.

  2. lig.pubofem oraie qov suyagidan boshlanib, son suyagidagi trochanter minor bo'rtig'iga birikadi

  3. lig.ischiofemorale o'tirg'ich suyagidan boshlanib, son suyagining trochanter major bo'rtig'i sohasigacha tortiladi;

  4. zona orbicularis - halqasimon boylamlar son suyagining bo'yin qismini o'rab olib, kapsulaga hamda spina iliaca anterior inferior sohalangabinkib ketadi


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling