Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Bo’gim turlari.To’liq bo’g’im bo’lish uchun shartlar


Download 96.41 Kb.
bet16/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

25.Bo’gim turlari.To’liq bo’g’im bo’lish uchun shartlar.
__Ikki suyakning birlashuvidan hosil bo'lgan bo'g'imlar - oddiy bo'g'imlar articulatio simplex deb ataladi.
__ Uch va undan ortiqroq suyaklarning birikuvidan hosil bo'lgan bo'g'imlar murakkab bo'g'imlar art.composita deb ataladi.
__Bo'g'im bo'shlig'ining ichida tog'ay plastinka bo'lsa, bunday birlashmalar kompleks bo'g'imlar-art. complexa deb ataladi.
__Anatomik jihatidan alohida, lekin vazifasiga nisbatan umumiy bo'lgan bo'g'imlar guruhiga kombinirlangan (hamkor) bo'g'imlar deyiladi.
Bo'g'imlarda frontal yuza (sath) bo'ylab bukish flexio, hamda yozish exetensio harakatlari bajariladi. Sagital sath bo'ylab tanaga yaqinlashtirish adductio, tanadan uzoqlashtirish abductio harakatlari bajariladi. Gorizantal sathda burish ratatio harakati bajarilib, ichkariga burish pronatio va tashqariga burish supinatio harakatlari bajariladi. Aylana bo'ylab bir necha sathda bajariladigan harakat circumductio deb ataladi. Tashqariga burish ratatio externa, ichkariga burishratatio interna, qarama-qarshi holatga keltirish oppositio, o'z holatiga qaytarish repositio deb ataladi. Bo'g'imlardagi harakat, bo'g'im yuzalariga bog'liq bo'ladi
26.Chakka-pastki jag’ bog’imi.Bog’lamlari.
CHAKKA PASTKI JAG'I BO'G'IMI - ARTICULATIO TEMPOROMANDIBULARIS
Bu bo'g'imni hosil qilishda chakka suyagidagi fossa mandibularis chuqurchasi bilan pastki jag' suyagining caput mandibulae sohalari qatnashadi. Bo'g'im ichida, boshcha bilan chakka suyagi orasida, bo'g'im bo'shlig'ini ikkiga ajratib turadigan tog'ay discus articulari joylashgan. Bu tog'ay diski bo'g'im bo'shlig'ini ikkiga: yuqori va pastki bo'shliqlarga ajratadi. Bo'g'im kapsulasi capsula articularis bo'g'im chuqurchasining atrofidan boshlanib fissura petrotympanica sohasigacha davom etadi. Natijada chakka suyagidagi tuberculum articulare bo'rtig'i kapsula ichida bo'ladi. Bo'g'im kapsulasi pastki sohada pastki jag' suyagining bo'yin sohasi collum mandibule gacha davom etadi. Bo'g'imni mustahkamlaydigan boylamlar:
__lig.laterale chakka suyagidagi yonoq o'simtasidan boshlanib, pastki jag' suyagining bo'yinchasiga birikadi
__ponasimon suyak bilan pastki jag' suyagi orasidagi boylam - lig. sphenomandibulare pastki jag' o'simtasining ichki yuzasidagi tilcha lingula mandibulae sohasiga birikadi;
__lig.stylomandibulare chakka suyagidagi bigizsimon o'simta processus styloideus dan boshlanib, pastki jag' shoxlarining orqa chekkasiga birikadi.


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling