Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Download 96.41 Kb.
bet14/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

20.Ko’z kosasi.Devorlari.
__ lateral devoir - paries lateralis yonoq, peshona suyagi va asosiy suyakning katta qanotlaridan hosil bo'ladi
__ yuqori devoir - paries superior peshona suyagi va asosiy suyakning kichik qanotlaridan hosil bo'ladi
__ medial devoir - paries medialis g'alvirsimon suyak, ko'zyoshi suyagi, yuqori jag' suyagining peshona o'simtasi, asosiy suyak tanasi va peshona suyagidan hosil bo'ladi;
__ pastki devoir - paries inferior yuqori jag', yonoq va tanglay suyagining o'simtasidan hosil bo'ladi:
Ko'z kosasining yuqori devori ichida peshona bo'shlig'i - sinus frontalis joylashgan. Ko'z kosasining medial devori juda yupqa bo'lib, g'alvirsimon suyak labirintlarini ajratib turadi. Ostki devor esa ko'z kosasini yuqori jag' bo'shlig'i sinus maxillaris dan ajratib turadi. Ko'z kosasining tubida ko'ruv kanali - canalis opticus bo'lib, bu kanaldan ko'ruv nervi - n.opticus va ko'z arteriyasi a.ophtalmica o'tadi. Ko'z kosasining yuqori va lateral devorlarining orasida ko'z kosasining yuqori tirqishi - fissura orbitalis superior joylashgan bo'lib, bu tirqishdan ko'z nervi (n.ophtalmicus), ko'zni harakatlantiruvchi nerv (n.oculomotorius), ko'zni uzoqlashtiruvchi nerv (n.abducens), g'altaksimon nerv (n.trochlearis) hamda ko'zning vena tomirlari (v.v.ophtalmicae superior et inferior) yo'naladi. Ko'z kosasining tubida ostki tirqish - fissura orbitali inferior joylashadi. Bu tirqish ko'z kosasini qanot-tanglay chuqurchasi va chakka osti chuqurchasi bilan o'zaro birlashtiradi

21.Burun bo’shlig’i.Devorlari.Yo’llari.
Kalla yuz qismining oldingi yuzasida burun bo'shlig'iga o'tish teshigi - apertura piriformis bo'ladi. Bu sohada tashqi burun nasus externus hosilalari joylashadi. Tashqi burunning suyak qismini yuqorida peshona suyagining bir qismi hamda burun suyagi bilan, lateral devorini yuqori jag' suyagining peshona o'simtasi, pastki devorini yuqori jag' suyagi tashkil etadi. Tashqi burun sohasida tog'ay hosilalar ham bo'ladi. Juft lateral tog'aylar cartilagines nasi lateralis o'zaro o'rta chiziqda birlashadi. Bu tog'aylar ostida burun qanotining kichik tog'aylari - cartilagines alares minores, burun bo'shlig'ining o'rtasidagi to'siqda esa tog'aysimon qism bo'ladi. Burun bo'shlig'ining medial devorini: peshona suyagi qirrasi, g'alvirsimon suyakning perpendikular plastinkasi, asosiy suyak qirrasi, dimog' suyagi, yuqori jag' suyagining burun qirrasi va tanglay suyagining shunday qirrasi tashkil etadi.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling