Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Kallaning miya qismi suyaklari.Chakka suyagi.Chakka suyagi kanallari
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
14.Kallaning miya qismi suyaklari.Chakka suyagi.Chakka suyagi kanallari.
Chakka suyagi - os temporale bir juft bo'lib (88-rasm), ensa, tepa va ponasimon suyaklar orasida joylashgan. Shu sababdan uning margo occipitalis, margo parietalis, margo sphenoidalis qirralari bo'ladi. Chakka suyagida quyidagi qismlar ko'rinadi: palla qismi - pars squamosa, nog'ora qismi - pars tympanica, piramida yoki toshsimon qismi - pars petrosa. Chakka suyagining nog'ora qismidan tashqi eshituv teshigi - porus acusticus externus tashqi eshituv yo'li - meatus acusticus externus ga davom etadi. Bu qism, chakka suyagining palla qismi va so'rg'ichsimon o'simtalar bilan birikib turadi. Chakka suyagining nog'ora va palla qismlari orasida tirqish bo'lib, uning o'rtasiga toshsimon bo'lak o'simtasi kirib turishi natijasida bu tirqish ikkiga bo'linadi: toshsimon palla tirqishi - fissura petrosquamosa, toshsimon nog'ora tirqishi - fissura petrotympanica. Bu tirqishlardan nervlar o'tadi. Chakka suyagining palla qismining tashqi yuzasida chakka arteriyasining egati - sulcus arteriae temporalis mediae ko'rinadi. Chakka suyagining toshsimon qismi - pars petrosa uch tomonli piramida shakliga ega. __Uyqu kanali (canalis caroticus). Piramida qismining pastki yuzasidagi tashqi uyqu tirqishi bilan ichki yuzasiga ochiladigan ichki uyqu tirqimi orasida. Kanal devoridan uyqu-nog‘ora kanali boshlanadi. Ichki uyqu arteriyasi, uning devoridagi vegetativ (simpatik) nervlar. __ Uyqu-nog'ora kanali (canaliculi caroticotympanici) Uyqu kanali boshlanish joyidagi orqa devoridan, o'rta quloq bo'shlig'i (nog'ora bo'shliq) oldingi devorigacha davom etadi Ichki uyqu arteriyasidan chiqadigan uyqu—nog'ora arteriyasi, ichki uyqu arteriyasi devoridagi vegetativ (simpatik) nervlar tarmog‗i bo'lgan—uyqunog'oranervi. __Yuz nervi kanali (canalis facialis). Chakka suyagining ichki yuzasidagi ichki eshituv teshigidan boshlanib, tashqi yuzadagi bigizsimon-so'rg'ichsimon teshik bilan yakunlanadi. Kanaldan piramidaning ichki yuzasiga katta toshsimon nerv o'tadigan tirqish ochiladi.Yuz kanali pastki qismidan nog'ora tori nervi o'tadigan kanal boshlanadi. Yuz nervi (7 juft). __Nog'ora tori nervi kanali (canaliculus chordae tympani). Yuz nervi kanaliningpastki qismidan boshlanib, nog'ora bo'shlig'ining orqa devoriga ochiladi. Nog'ora tori nervi o'rta quloq bo'shlig'iga yo'naladi va tashqi tarafga toshsimon nog'ora tirqishi orqali chiqadi. __Nog'ora nervi kanali (canaliculus tympanicus). Toshsimon qismning pastki yuzasida — apertura inferior canaliculi tympani tirqishi bilan boshlanib, o'rta quloq bo'shlig'ining pastki devoriga ochiladi. Nog'ora nervi (9 juft nerv tarmog'i) o'rta quloq bo'shlig'idan kallaning ichki yuzasiga kichik yuzaki toshsimon nerv bo'lib davom etadi. __ Mushak— naysimon kanal (canalis muscu- lotubarius). Bu kanal ikkita yarim kanalga bo‘linadi:yuqorigisi nog'ora pardasini taranglaydigan, mushak saqlaydigan yarim kanal,ostidagisi: eshituv nayi yarim kanali Chakka suyagi piramida qismining ustki uchi sohasidan boshlanib, o'rta quloq bo'shlig'ining oldingi devoriga ochiladi. __ So'rg'ichsimon kanal (canalis mastoideus). Bo'yinturuq chuqurchasining tubidan boshlanib, nog'ora—so'rg'ichsimon tirqishida yakunlanadi. Adashgan nerv (10 juft) tarmog'i yo'naladi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling