Mustaqil ish mavzu: Eshitish analizatorining yosh xususiyati va gigiyenasi Tayyorladi: Qodirjonova M. Tekshirdi: Uchkurova Z


Download 1.29 Mb.
Sana02.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1147920
Bog'liq
eshitish



MUSTAQIL ISH
MAVZU: Eshitish analizatorining
yosh xususiyati va gigiyenasi

Tayyorladi: Qodirjonova M.
Tekshirdi: Uchkurova Z.






O`rta quloq nog`ora bo`shlig`idan, eshituv suyakchalaridan ya'ni - bolg`acha, sandon, uzangi va yevstaxiy nayidan iborat. Bolg`acha dastasi bilan nog`ora pardaga yopishib turadi, boshchasi esa sandonning asosi bilan birlashib bo`g`im hosil qiladi. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishgan. O`rta quloq bo`shlig`i yevstaxiy nayi yordamida burun xalqumga tutashadi. Eshituv suyakchalari nog`ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko`paytiradi. O`rta quloq bo`shlig`idagi bosim tashqi bosimga barobar bo`lgandagina nog`ora pardasi normal ravishda tebranadi.


Ichki quloq - Labirentdan iborat bo`lib, yumoloq darcha bilan o`rta quloqqa tutashadi. Suyak labirentning ichida parda labirent bor. Suyak labirent devorchalari o`rtasida kichik bir bo`shliq bo`lib, bu bo`shliq perilimfa degan suyuqlik bilan to`ladi. Parda labirent ichidagi suyuqlik endolimfa deb ataladi. Oval darchaning o`rtasida ichki quloq labrinti dahliz, chig`onoq va yarim doira kanallar bor. Chig`onoqning ichida Kortiev organi bo`ladi.



Kortiev organi tovush sezadigan organdir. Tovush qabul qilish bola hali ona qornidayoq shakllangan bo`ladi. Tug`ilishi bilan ishlay boshlaydi. Har xil tovushlarni ajratish 2 – 3 oylik bolada shakllanadi. Eshitish organining funktsional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi, 14-15 yoshda eshitish sezgilari susayadi. So`ngra orta boradi. Odam qo`log`ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo`lib, sekundiga 16 dan 20000 g/s gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog`lom bo`lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. O`rta quloqning yallig`lanishi, ya'ni ottit kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o`tkazish tavsiya etiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling