Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Download 96.41 Kb.
bet6/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

Qo'l panjasi suyaklari uch guruh suyaklardan: kaftning ustki qismidagi - carpus, qo'l kaftidagi - metacarpus,qo'l barmoqlarining - ossa digitorum manus suyaklaridan tashkil topgan. Kaft usti suyaklari ikki qator bo'lib joylashgan 8 ta suyaklardan iborat. Bilak suyaklariga yaqin qatorda quyidagi suyaklar joylashadi: qayiqsimon - os scaphoideum, yarimoysimon - os lunatum, uch qirrali - os triquetrum, no'xotsimon - os pisiforme. Ikkinchi qatorda quyidagi suyaklar bo'ladi: trapetsiya - os trapezium, trapetsiyasimon - os trapezoideum, boshchali - os capitatum, ilmoqsimon - os hamatum. Har bir suyakda yonidagi suyaklar bilan bo'g'im hosil qiluvchi yuzalar bo'ladi. Kaft usti suyaklariga mushaklar birikishidan bo'rtiqlar - tuberculum ossis scaphoidei, tuberculum ossis trapezii va ilmoqsimon suyakda ilmoq - hamulus ossis hamati hosil bo'ladi. Kaft usti suyaklarining kaft yuzasida qayiqsimon suyakning va trapetsiya suyagining bo'rtig'idan tepalik - eminentia carpi radialis hosil bo'ladi. Ichki tarafdagi tepalik eminentia carpi ulnaris esa no'xotsimon suyak bilan ilmoqsimon suyakning ilmog'idan tashkil topadi. Bu ikki tepaliklar orasida kaft egati - sulcus carpi hosil bo'ladi.
Qo'l kaftidagi suyaklar - metacarpus naysimon suyaklar guruhiga kirib, boshcha - caput, tana corpus, asos qismi - basis dan tashkil topgan. Qo'1 barmoqlarining suyaklari - ossa digitorum manus ketma-ket joylashadigan naysimon suyaklardan tashkil topib proksimal - phalanx proximalis, o'rta - phalanx media, tirnoq - phalanx distalis falanglaridan tashkil topadi (39-44-rasmlar).
Bosh barmoq suyaklarida o'rta falanga suyagi bo'lmaydi. Uch qirrali suyakda suyaklanish nuqtasi 3 yoshda, os capitatum suyagida suyaklanish nuqtasi 2- oyda, os hamatum suyagida 3- oyda, os triquetrum suyagida 3 yoshda, os lunatum suyagida 4 yoshda, os scaphoideum suyagida 5 yoshda, os trapesium suyagida 5 yoshda, os trapesoideum suyagida 6 yoshda bo'ladi. No'xotsimon suyakda suyaklanish qizlarda 7-12 yoshlarda, o'g'il bolalarda 10-15 yoshlarda tugaydi.


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling