Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


O’mrov suyagi.Kurak suyagi


Download 96.41 Kb.
bet4/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

4.O’mrov suyagi.Kurak suyagi.
O'mrov suyagi tana skeletini, qo'l bilan birlashtiradi va tanadan yelka bo'g'imini uzoqroq turishini ta'minlaydi. Shu sababdan o'mrov suyagi jarohatlansa qo'l tanaga yaqinlashadi. O'mrov suyagining o'rta qismi biriktiruvchi to'qima holatida suyaklanadi (birlamchi suyaklar), uning uchlari esa tog'ay to'qima holatidan so'ng suyaklanadi. Suyaklanish nuqtasi bitta bo'lib to'sh suyagiga yaqin uchidan boshlanadi (monoepifezar suyak). O'mrov suyagining suyaklanish jarayoni perixondral va endoxondral holatlarda rivojlanadi. Unda suyaklanish nuqtasi embrion taraqqiyotining 6 haftasida hosil bo'ladi. Lekin bu suyakning to'sh suyagiga birikadigan uchida suyaklanish nuqtasi 16-18 yoshlarda paydo bo'lib, to'liq suyaklanib ketish 20-25 yoshlarda yakunlanadi. O'mrov suyagining ikki uchi: to'sh suyagiga birikuvchi - extremitas sternalis, kurak suyagining acromion o'simtasiga birikuvchi - extremitas acromialis va ular orasida joylashgan tanasi - corpus claviculae bo'ladi
Kurak (scapula) uchburchak shaklidagi yassi suyak bo’lib, u ko’krak qafasining orqa lateral tomonida II-VII qovurg’alar sohasida joylashgan. Uning uchta burchagi tafovut qilinadi. Shunga mos ravishda uchta qirrasi farqlanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda kurak suyagining tanasi va ko'ndalang joylashgan qirra - spina scapulae dan iborat bo'ladi. Bir yoshda suyaklanish nuqtasi tumshuqsimon o'simtada, 11-18 yoshlarda suyaklanish nuqtalari qolgan hosilalarda (cavitas glenoidalis, acramion, processus coronoideus, angulus inferior) ko'rinadi. To'liq suyaklanib ketish holati 18-24 yoshlarga to'g'ri keladi. Kurak suyagi yassi, uch qirrali bo'lib, II-VII qovurg'alar sohasida joylashadi. Kurak suyagining quyidagi qirralari bo'ladi

5.Elka suyagi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yelka suyagining boshchasi tog'aydan iborat bo'ladi. U 1 yoshga to'lguncha boshchada suyaklanish nuqtasi hosil bo'ladi. 2-3 yoshlarda katta do'mboq sohasida, 3-4 yoshlarda kichik do'mboq sohasida ham suyaklanish nuqtalari hosil bo'ladi. Yelka suyagining proksimal uchidagi bu suyaklanish nuqtalarining qo'shilib ketishi 4-6 yoshlarga,uning proksimal uchini suyak tanasi (diafiz) bilan qo'shilib (suyaklanib) ketishi 12-18 yoshlarga to'g'ri keladiYelka suyagining distal uchida suyaklanish nuqtalari 2 yoshda - capitulum humeri, apofiz sohalarida - epicondylus lateralis 12-13 yoshlarda, to'liq suyaklanib ketishi 20 yoshlarda yakunlanadi. Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar turkumiga kirib, ikki uchi va ular orasidagi tanasi – corpus deyiladi. Bu suyakning yuqori uchida kurak suyagi bilan birikadigan boshchasi - caput humeri, anatomik bo'yin - collum anatomicum qismi, mushaklar birikadigan katta bo'rtiq - tuberculum majus, kichik bo'rtiq - tuberculum minus sohalari ko'rinadi. Har bir bo'rtiqdan qirralar yo'naladi: katta bo'rtiqdan yo'naluvchi qirra - crista tuberculi majoris va kichik bo'rtiqdan yo'naluvchi qirra - crista tuberculi minoris deb ataladi. Bu hosilalar orasida esa egat - sulcus intertubercularis hosil bo'ladi.
.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling