Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Download 96.41 Kb.
bet3/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

Dumg'aza umurtqalari - vertebrae sacrales o'smirlik davridayoq o'zaro qo'shilib, dumg'aza suyagi - os sacrum ni hosil qiladi. Dumg'aza suyagi uchburchak shaklida bo'lib, uning yuqori qismi asosi - basis ossis sacri, pastki qismi uchi - apex ossis sacri,yon tarafdagi qanotlar - ala ossis sacri deyiladi. Bu suyakning oldingi yuzasi chanoq bo'shlig'ini hosil etishda qatnashganligidan - facies pelvina deyiladi. Bu yuzada umurtqa tanalarining birikishidan ko'ndalang izlar - lineae transversae hosil bo'ladi. Shu yuzada teshiklar - foramina sacralia pelvina ko'rinadi.Dumg'aza suyagining orqa yuzasida umurtqalar qirrali o'simtalarning qo'shilishidan,o'rta qirra - crista sacralis mediana, ko'ndalang o'simtalarning birikishidan, yon qirra - crista sacralis lateralis va ularning orasida esa bo'g'im o'simtalarining birikishidan, oraliq qirra - crista sacralis intermedia hosil bo'ladi (17-20-rasmlar).
Dum umurtqalari - vertebrae coccygeae 3 tadan 6 tagacha bo'lib, katta yoshdagi odamlarda o'zaro qo'shilib, dum suyagini - os cocsygis hosil qiladi. Birinchi dum umurtqasi sohasida ko'ndalang o'simtalar - processus transversi saqlanib qoladi. Shu sohada yuqori bo'g'im o'simtasi bo'lib - cornua coccyges deyiladi (21-22-rasmlar). Qolgan sohalarda ko'ndalang va bo'g'im o'simtalari uchramaydi.Umurtqa pog'onasi sohasida egriliklar mavjud.

3.Qovurg’alar.To’sh suyagi.
Qovurg'alar - costae 12 juft bo'lib, 3 guruhga bo'linadi: birinchi yetti jufti chin qovurg'a costae verae oldingi uchi bilan to'sh suyagiga birikadi; VIII, IX, X qovurg'alar soxta qovurg'alar - costae spuriae deb atalib, ularning oldingi uchlari tog'aylar vositasida o'zidan yuqorigi qovurg'alarga biri-kadi; XI va XII qovurg'alar yetim qovurg'alar - costae fluctuantes deb atalib, oldingi uchlari erkin holda qorin mushaklarining ichida joyla-shadi Qovurg'alarning ham-masi orqa tarafda, ko'krak umurtqalariga birikadi. Qovurg'aning oldingi uchi tog'ay moddasi - cartilago costalisdan, orqa qismi esa suyak qismi os costaledan iborat bo'ladi. Qovurg'aning oldingi uchiga - extrimitas anterior, seu sternalis; orqa uchiga esa - extrimitas posterior seu vertebralis deyiladi. Ularning orasida esa tanasi - corpus costae joylashadi. Orqa uchida boshcha - caput costae, bo'yin qismi - colium costae va bo'g'im yuzalari - facies articularis capitis costae bo'ladi. II dan X gacha qovurg'alaming bo'g'im yuzalari qirra - crista capitis costae vositasida ikkiga ajralgan bo'ladi. Chunki bu qovurg'alaming bo'g'im yuzalari ikki qo'shni ko'krak umurtqalari bilan birikadi. I, XI, XII qovurg'alaming har biri bittadan umurtqa bilan birlashganligidan, bo'g'im yuzalarida qirra bo'lmaydi. Qovurg'aning bo'yin qismini uning tanasiga o'tish sohasida yuqorigi 10 ta qovurg'ada bo'rtiq tuberculum costae bo'ladi.
To'sh suyagi - sternum (27-rasm) uch qismdan: sopi manubriuin sterni, tanasi - corpus sterni, xanjarsimon o'simtasi - processus xiphoideus dan iborat bo'ladi. To'sh suyagi sopining yuqori qismida bo'yinturuq o'ymasi - incisura jugu-laris, yon tomonida esa o'mrov suyagi bilan birikad igan o‘yma - incisura clavicularis joylashadi. To'sh suyagi-ning sopi va tanasi orasida burchak - angulus sterni va yon taraflarida chin qovurg'alar birikadigan o'ymalar - incisura costalis bo'ladi


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling