Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Tirsak suyagi.Bilak suyagi


Download 96.41 Kb.
bet5/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

6.Tirsak suyagi.Bilak suyagi.
Bu naysimon suyakning yuqori uchida tirsak o'simtasi - olecranon, tojsimon o'simta - processus coronoidus, ular orasida esa yelka suyagining g'altagi bilan bo'g'im hosil qiladigan o'yma - incisura trochlearis bo'ladi.Tashqi yuza sohasida bilak suyagining boshchasi bilan bo'g'im hosil etadigan o'yma incisura radialis joylashadi. Oldingi sohada mushak birlashadigan tirsak suyagining bo'rtig'i - tuberositas ulnae bo'ladi. Tirsak suyagining tanasida oldingi qirra - margo anterior, orqa qirra - margo posterior va bilak suyagi tarafidagi qirra - margo interossea bo'ladi. Bu qirralar orasida esa oldingi yuza - facies anterior, orqa yuza - facies posterior, ichki yuza - facies medialis hosil bo'ladi. Tirsak suyagining pastki uchida: bigizsimon o'simta - processus styloideus, boshcha caput ulnae va boshchadagi bo'g'im yuzasi - circumferentia articularis bo'ladi.
Naysimon shakldagi bilak suyagining yuqori uchida boshcha - caput radii, tirsak suyagi bilan bo'g'im hosil etuvchi yuza - circumferentia articularis, yelka suyagi bilan bo'g'im hosil etuvchi chuqurcha - fovea capituli radii joylashadi. Boshchaning ostida bilak suyagining bo'yin qismi collum radii va mushak birikadigan bo'rtiq - tuberositas radii bo'ladi. Bilak suyagining tanasida oldingi qirra - margo anterior, orqa qirra - margo posterior va tirsak suyagi tarafida suyaklararo qirra - margo inferossea bo'ladi. Bu qirralar orasida oldingi yuza - facies anterior, orqa yuza - facies posterior, tashqi yuza - facies lateralis hosil bo'ladi. Uning pastki uchida bigizsimon o'simta - processus styloideus, tirsak suyagi bilan bo'g'im hosil etuvchi o'yma - incisura ulnaris, kaft usti suyaklari bilan bo'gmi hosil etuvchi yuza - lacies articularis carpea bo'ladi (38-39-rasm). Caput radii da suyaklanish nuqtasi 5-6 yoshlarda hosil bo'ladi. Diafiz qismining suyaklanishi embrion tarqqiyotining 2-oyida bo'ladi. Distal epifizda suyaklanish nuqtasi 1-2 yoshda bo'ladi.

7.Qo’l panjasi suyaklari.Kaft usti,kaft va panja suyaklari.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling