Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Katta,kichik boldir suyaklari


Download 96.41 Kb.
bet8/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

10.Katta,kichik boldir suyaklari.
Boldir sohasida ikkita suyak joylashadi. Ichki tarafda katta boldir suyagi - tibia, tashqi tarafda kichik boldir suyagi – fibula.
Katta boldir suyagining yuqori uchida ichki do'ngsimon o'simta - condylus medialis, tashqi do'ngsimon o'simta - condylus lateralis bo'ladi. Bu o'simtalarning ustki bo'g'im yuzasi - facies articularis superior da ichki bo'rtiq - tuberculum intercondylare mediale va tashqi bo'rtiq - tuberculum intercondylare laterale bo'ladi. Bu bo'rtiqlardan hosil bo'lgan tepalik - eminentia intercondylaris deb atalib, uning oldingi yuzasida - area intercondylaris anterior va orqa yuzasida - area intercondylaris posterior chuqurchasi bo‘lib, tashqi do'ngsimon o'simta ostining kichik boldir suyagi bilan birikish sohasida bo'g'im yuzasi - facies articularis fibularis hosil bo'ladi.
Kichik boldir suyagi - fibula (grekcha - peronea) naysimon shakldagi suyaklar guruhiga kirib, yuqori uchida boshcha - caput fibulae, boshchaning uchi - apex capitis fibulae, katta boldir suyagi bilan bo'g'im hosil etuvchi yuza – facies articularis capitis fibulae,uning boshchasi va tanasi orasida bo'yin qismi - collum fibulae bo'ladi. Kichik boldir suyagining tanasi - corpus fibulae da oldingi qirra - margo anterior, orqa qirra - margo posterior, katta boldir suyagi tomonidagi suyaklararo qirra - margo interossea va bu qirralar orasida ichki yuza - facies medialis, tashqi yuza - facies lateralis hamda orqa yuza - facies posterior bo'ladi

11.Oyoq panjasi suyaklari.Kaft usti,kaft va panja suyaklari.
Oyoq panjasi uch guruh suyaklardan tashkil topadi (60-rasm): oyoq panjasining kaft usti suyaklari - ossa tarsi, kaft suyaklari - ossa metatarsi, barmoq suyaklari - ossa phalanges digitorum pedis. Oyoq panjasining kaft usti suyaklari esa ikki qator suyaklardan tashkil topgan: birinchi qatorda tovon suyagi - calcaneus, oshiq suyagi - talus joylashadi; ikkinchi qatorning ichki tarafida qayiqsimon suyak - os naviculare, ichki ponasimon suyak os cuneiforme mediale, o'rta ponasimon suyak - os cuneiforme intermedium, yon ponasimon suyak - os cuneiforme laterale bo'ladi. Ikkinchi qatoming lateral qismi kubsimon suyak - os cuboideum dan hosil bo'ladi. Oshiq suyagida tana - corpus tali, bo'yin qismi - collum tali, boshchasi - caput tali, qayiqsimon suyak bilan bo'g'im hosil etuvchi yuza - facies articularis navicularis, uning yuqori qismida g'altaksimon hosila trochlea tali va uning yuqori bo'g'im yuzasi facies superior bo'ladi. Oyoq panjasining kaft usti suyaklari yonidagi suyaklar bilan birikuvchi bo'g'im yuzalari, bo'rtiqlar tuberositas ossis naviculare, tuberositas ossis cuboidei bo'ladi. Oyoq panjasining kaft suyaklari metatarsus naysimon shaklidagi suyaklar guruhiga kirib, uning asosi - basis, tanasi - corpus, boshchasi - caput dan iborat. Birinchi kaft suyagida bo‘rtiq - tuberositas ossis metatarsali I va beshinchi kaft suyagida bo'rtiq - tuberositas ossis metatarsali V bo'ladi. Oyoq barmoqlari uch guruh falang suyaklaridan hosil bo'ladi: proksimal barmoqlar - phalanx proximalis, o'rta falang - phalanx media, tirnoq falangalari - phalanx distalis. Bosh barmoqda o'rta falang suyagi bo'lmaydi.
Falang suyaklarida boshchasi - caput, tanasi - corpus, asosi - basis bo'ladi. Falang suyaklarining boshchasida g'altaksimon hosila trochlea phalangis bo'ladi (66-rasm). Barmoq suyaklarida mushak paylarining ichida joylashadigan sesamasimon suyaklar - ossa sesamoidea uchraydi.


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling