Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Chanoq suyaklari.Chanoq halqasi
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.Son suyagi.Tizza qopqog’i. Son
- Tizza qopqogi
8.Chanoq suyaklari.Chanoq halqasi.
Bosh barmoq suyaklarida o'rta falanga suyagi bo'lmaydi. Uch qirrali suyakda suyaklanish nuqtasi 3 yoshda, os capitatum suyagida suyaklanish nuqtasi 2- oyda, os hamatum suyagida 3- oyda, os triquetrum suyagida 3 yoshda, os lunatum suyagida 4 yoshda, os scaphoideum suyagida 5 yoshda, os trapesium suyagida 5 yoshda, os trapesoideum suyagida 6 yoshda bo'ladi. No'xotsimon suyakda suyaklanish qizlarda 7-12 yoshlarda, o'g'il bolalarda 10-15 yoshlarda tugaydi. Chanoq suyagining ichki yuzasida, yopqich teshigining yuqori qismida egat - sulcus obturatorius joylashadi. O'tirg'ich va qov suyaklarining o'zaro qo'shilish sohasidagi shoxi - ramus ischiopubicus deyiladi. Chaqaloqlarda va o'sish davrida chanoqdagi uchchala suyak alohida bo'lib, tog'ay vositasida o'zaro qo'shilib turadi. 8 yoshda qov va o'tirg'ich suyaklarining shoxlari o'zaro suyaklanadi. 14-16 yoshlarda esa sirka kosachasi asetebulum sohasida uchchala suyak tanasi qo'shilib, yakka chanoq suyagi - os coxae ni tashkil etadi. Mushaklar birikadigan apofizlar esa 20-25 yoshlarda suyaklanadi. Ikki chanoq suyagining dumg'aza suyagi bilan va o'zaro birikishidan chanoq - pelvis, uning bo'shlig'i - cavitas pelvis hosil bo'ladi. Bu bo'shliq yuqorida joylashgan katta chanoq bo'shlig'i - pelvis major dan va pastki sohadagi kichik chanoq bo'shlig'i - pelvis minor dan tashkil topadi. Kichik va katta chanoqlar orasidagi chegarani - linea terminalis chizig'i tashkil etadi. 9.Son suyagi.Tizza qopqog’i. Son suyagi naysimon suyaklar guruhiga kirib, uning yuqori uchida boshcha - caput femoris, boshcha yuzasidagi chuqurcha - fovea capitis femoris, bo'yin qismi - collum femoris bo'ladi. Bo'yin qismining tanaga o'tish sohasida mushaklar birikadigan katta ko'st - trochanter major, kichik ko'st - trochanter minor bo'rtiqlari, katta ko'st orqa yuzasining yuqori qismida chuqurcha - fossa trochanterica, har ikkila ko'stlar orasida oldingi sohada - linea intertrochanterica, orqa sohada esa - crista intertrochanterica qirrasi bo'ladi. u qirrada kvadrat mushagi birikadigan bo'rtiq - tuberculum quadratum joylashadi. Son suyagi tanasining yuqori qismi orqa yuzasining tashqi tarafida mushaklar birikadigan bo'rtiq - tuberositas glutea, ichki tarafida esa - linea pectenea hosil bo'ladi. Son suyagi tanasining orqa yuzasidagi - linea aspera chizigi ikkiga: ichki - labium mediale lineae asperae va tashqi labium laterale lineae asperae chiziqlarga ajraladi. Bu chiziqlar orasida taqim yuzasi - facies poplitea hosil bo'ladi Tizza qopqog'i suyagi sonning to'rt boshli mushagi payining ichida joylashgan sesamasimon suyak turkumiga kiradi. Bu suyakning yuqori qismida asosi - basis patellae, pastki qismida esa uchi - apex patellae, orqa sohasida bo'g'im yuzasi - facies articularis bo'ladi. Oldingi yuzasi esa - facies anterior deyiladi Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling