Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Chakka chuqurchasi.Chakka osti chuqurchasi


Download 96.41 Kb.
bet15/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

22.Chakka chuqurchasi.Chakka osti chuqurchasi.
CHAKKA OSTI CHO'QURCHASI - FOSSA INFRATEMPORALIA
Bu chuqurcha yuqori sohada ponasimon suyakning katta qanoti, chakka suyak pallasidan hosil bo'ladi. Uning ichki devorini ponasimon suyakning lateral qanotsimon o'simtalari hosil qiladi. Chakka osti chuqurchasining oldingi sohasida yuqori jag' va yonoq suyagining chakka yuzasi joylashadi. Chakka osti chuqurchasining lateral devori pastki jag' suyagining shoxlari va yonoq ravog'idan hosil bo'ladi. Chakka osti chuqurchasi fissura orbitalis inferior tirqishi vositasida ko'z kosasi bilan fissura petromaxillaris tirqishi vositasida qanot-tanglay chuqurchasi bilan bog'lanadi

23.Qanot-tanglay chuqurchasi.Kalla asosi bilan bog’lovchi teshiklar,kanallar.
Qanot-tanglay chuqurchasi - fossa pterygopalatina ning devorlari:
__oldingi devorini - yuqori jag' suyagining do'mbog'i;
__orqa devorini - asosiy suyakning qanotsimon o'simtalari va qisman shu suyakning katta qanotlari;
__ichki devorini - tanglay suyagining perpendikular plastinkasining tashqi yuzasi hosil qiladi.
Qanot-tanglay chuqurchasining tashqi yuzasi ochiq bo'lib, qanot-yuqori jag' tirqishi fissura pterygomaxillaris vositasida chakka osti chuqurchasi bilan tutashgan. Qanot-tanglay chuqurchasi va burun bo'shlig'i o'zaro ponasimon tanglay teshigi foramen sphenopalatinum vositasida tutashadi. Qanot-tanglay chuqurchasi va kalla ichki yuzasidagi o'rta chuqurcha o'zaro dumaloq teshik - foramen rotundum vositasida bog'lanadi
Qanot-tanglay chuqurchasi va og'iz bo'shliqlari o'zaro katta tanglay kanali - canalis palatinus major, katta va kichik tanglay teshiklari vositasida aloqa bog'laydi. Qanot-tanglay chuqurchasi va kallaning tashqi yuzasidagi yirtiq teshik sohalari o'zaro qanotsimon kanal - canalis pterygoideus vositasida bog'lanadi.

24.Sindesmologiya.Suyaklarni o’zaro birlashish turlari.
Sindesmologia - suyaklarning o'zaro birikishiini o'rganadigan bo'lim. Quyi tabaqali umurtqali hayvonlarda - asosan suvda yashovchilarda, skelet suyaklari o'zaro biriktiruvchi to'qimalar vositasida birlashadi. Boshqa guruh hayvonlarda suyaklar o'zaro tog'ay moddasi bilan qo'shilgan bo'ladi. Albatta, bunday suyaklarning biriktiruvchi to'qima yoki tog'ay moddalari bilan birlashuvi suyaklarning o'zaro harakatini cheklab qo'yadi va bu uzluksiz birlashuv deyiladi.
kelet suyaklari o'zaro biriktiruvchi to'qima tog'ay yoki suyak, moddasi bilan biriksa uzluksiz, birlashuvlar - synarthrosys deb ataladi. Suyaklar o'zaro bo'g'imlar hosil qilib, harakatli biriksa uzlukli birlashuvlar - diarthrosys deb ataladi. Bu ikki birlashuvlar orasida, ularning birortasiga ham o'xshamagan birlashuv shakli bo'lib, ularga varim bo'g'imlar - hemiarthrosys deyiladi.Yarim bo'g'imlarda cheklangan, juda kam harakat bo'ladi, bo'g'im yuzalari orasida juda kichik tirqish bo'lib, bo'g'im kapsulasi bo'lmaydi. Ba'zi skelet suyaklari o'zaro ko'ndalang targ'il mushaklar vositasida birikishi mumkun. Kurak suyagining qovurg'alar bilan birikishi yoki til osti suyagining boshqa suyaklar bilan birikishi mushaklar vositasida bo'ladi. Bunday birikishiga - synsarcosys deyiladi


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling