Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


O’mrov suyagi birlashuvi.Kurak suyagi bog’lamlari


Download 96.41 Kb.
bet18/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

29.O’mrov suyagi birlashuvi.Kurak suyagi bog’lamlari.
__ Art. sternoclavicularis - to'sh-o'mrov bo'g'imini hosil qilishda, o'mrov suyagining medial uchidagi bo'g'im yuzasi bilan, to'sh suyagidagi o'mrov o'ymasi qatnashadi. Bo'g'im ichida joylashgan tog'ay - discus articularis bo'g'im bo'shlig'ini ikkiga bo'lib turadi. Bo'g'im tashqi tarafdan: ligg.sternoclavicularis anterius, ligg.sternoclavicularis posterior, ligg.costoclaviculare boylamlari bilan mustahkamlanadi. To'sh suyagining bo'yinturuq o'ymasi ustidan ikki o'mrov suyagini birlashtiruvchi - lig.interclaviculare boylam tutamlari yo'naladi.
__ Art.acromioclavicularis - o'mrov suyagining orqa uchidagi bo'g'im yuzasi bilan, kurak suyagining akromial o'simtasidagi bo'g'im yuzalari orasida hosil bo'lib, bo'g'im bo'shlig'ining ichida tog'ay plastinka - discus articularis bo'ladi. Bo'g'im kapsulasining tashqi yuzasida - lig.acromioclaviculare boylami joylashgan bo'ladi. Kurak suyagining tumshuqsimon o'simtasi bilan, o'mrov suyagi orasida lig. coracoclaviculare boylami bo'ladi. Bu boylamlar tutamlarning yo'nalishi bo'yicha:lig.trapezoideum va lig.conoideum qismlariga bo'linadi.
KURAK SUYAGIDAGI BOYLAMLAR
__ lig.coracoacromiale - kurak suyagining tumshuqsimon va akromial o'simtalari orasida joylashgan bo'ladi;
__ lig.transversum scapulae superius - kurak suyagining o'ymasi ustidan
yo'naladi va bu o'yma sohasida teshik hosil bo'ladi;
__ lig.transversum scapulae inferius - kurak suyagidagi akromial o'simta asosidan, kurak suyagi bo'yinchasiga tortiladi:

30.Elka bo’g’imi.Bog’lamlari.
Yelka bo'g'imi - articulatio humeri ni hosil qilishda, yelka suyagining boshchasi va kurak suyagining cavitas glenoidalis bo'g'im chuqurchasi qatnashadi (148-rasm). Kurak suyagidagi bo'g'im chuqurchaning atrofida tog'ay halqa - labrum glenoidale bo'ladi. Bu hosila bo'g'im yuzasini chuqurlashtiradi. Bu bo'g'im kapsulasi yelka suyagining anatomik bo'yin sohasigacha davom etadi. Yelka bo'g'imi sohasida lig.coracohumerale boylami joylashgan. Bu boylam kurak suyagining tumshuqsimon o'simtasidan boshlanib, yelka suyagiga birikadi. Bu bo'g'im shakl jihatidan sharsimon bo'lib, harakat jihatidan ko'p o'qli bo'g'imlar guruhiga kiradi. Frontal o'q atrofida qo'l yelka bo'g'imida bukiladi va yoziladi. Sagital o'q atrofida yelka bo'g'imida qo'l tanadan uzoqlashtiriladi va tanaga yaqinlashtiriladi. Vertikal o'q atrofida esa yelka bo'g'imida qo'l ichkariga (pronatsiya) va tashqariga (supinatsiya) buriladi. Yelka bo'g'imi sharsimon bo'g'im bo'lganligidan, bu bo'g'imda aylana harakatlar ham bajariladi. Yelka bo'g'imida qo'l gorizontal holatgacha ko'tariladi. Qo'lning yana balandroqqa ko'tarish holati kurak suyagining aylanishi natijasida bo'ladi. Yelka bo'g'imida qo'lning gorizontal holatdan yuqoriga o'tolmasligiga kurak suyagidagi lig. coracoacromiale boylami qarshilik ko'rsatadi. Chunki bu boylamga yelka suyagini boshchasi tegib qoladi. Shu sababli kurak suyagining bu boylamini yelka bo'g'imi gumbazi fornix humeri deyiladi. Yelka bo'g'imi kapsulasining ichidan ikki boshli mushakning uzun boshchasi o'tadi. Bo'g'im kapsulasi bo'ylab yelka boylami - lig.glenohumeralia va ko'ndalang tutam boylamlari - lig.transversum larni ajratish mumkin.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling