Silikat (keramik, qoplama)


Download 27.79 Kb.
bet1/9
Sana09.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1469658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
silikat g\'ish




Mavzu: Silikat (keramik, qoplama) isht va toshlardan devorbop materiallar.

Reja:


  1. Silikat isht va toshlardan devorbop materiallar.

  2. Ishlab сhiqarish texnologiyalari.

  3. Bogʼlovchilar asosidan sunʼiy tosh materiallari (Silikat gʼisht va silikat-beton mahsulotlari)



Silikat (keramik, qoplama) isht va toshlardan devorbop materiallar.

Maʼlumki hozirgi kunda aholini arzon turar-joylar bilan taʼminlash, ijtimoiy hamda sanoat soha obʼektlari, noturar joylari uchun sifatli, arzon, zamonaviy qurilish ma-teriallari bilan taʼminlash davr talabidir. Qurilish ishlari qiymatining 55-60 foizini qurilish materiallari tashkil etishini, zamonaviy arxitektura, yangi energiya tejamkor, sifatli, arzon, yengil, yangi innovatsion qurilish materiallarini talab etishini inobatga olinsa, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish davr talabidir.
Soʼnggi yillarda dunyoda qurilish jarayonida energiya tejamkor, innovatsion qurilish materiallaridan foydalanish bino-inshootning tannarxi arzon boʼlishi hamda qurilish ishlarini tez fursatda, sifatli amalga oshirishda muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda.Bugungi kunda mamlakat boʼyicha qurilishni jadal oʼsishi qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining jadal rivojlanishiga sabab boʼlmoqda. Yangi materiallar zamonaviy binolarning tashqi va ichki koʼrinishiga boʼlgan yondashuvni butunlay oʼzgartirib yubormoqda. Qurilish materiallari va buyumlarining energiya tejamkor, arzon, sifatliligi, turli nurlar taʼsiriga bardoshliligi, yuqori darajadagi ekologik xafsizligi, oʼrnatishning (ishlatishning, tozalashning) osonligi estetik jozibadorligi qisqa qilib aytganda, jahon standartlari talablariga toʼliq javob beruvchanligi kabi talablar qoʼyilmoqda. Respublikamizda qurilish materiallari sanoatida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport qilish boʼyicha barqaror oʼsish surʼatlarini taʼminlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Rivojlangan davlatlarda silikat kompozit plitalar ishlab chiqarish keng ommalashgan boʼlib, mamlakatimizda ham ushbu qurilish materiallarini ishlab chiqarishni keng yoʼlga qoʼyish, bu yoʼnalishda jahon tajribasini qoʼllashga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.
Hozirgi kunda butun dunyoda bino va inshootlar innovatsion, yangi turdagi qurilish materiallarini qoʼllash orqali sifatli, har tomonlama qulay, energiya tejamkor tarzda bunyod etilmoqda. Mamlakatimizda ham bu borada dunyo tajribasi qoʼllanilmoqda. Bino va inshootlarni barpo etishda silikat kompozit plitalarini qoʼllash boʼyicha meʼyoriy-normativ hujjatlar ishlab chiqilgan. Nafaqat mahalliy balki jahon bozorini ushbu turdagi mahsulotlar bilan taʼminlash, ushbu yoʼnalishda yangi sanoat korxonalarini barpo etish maqsadida koʼplab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Silikat kompozit plita ishlab chiqarish istiqbollari va jahon tajribasi
Shaxsiy turar joy binolarida kamin va unga moʼri qurishda asosiy vazifa inshootlarni yuqori sifatli issiqlik izolatsiyasi bilan taʼminlashdir. Ularsiz na qurilmaning samarali ishlashi, na xavfsizligi taʼminlanishi mumkin. Bugungi kunda ushbu maqsadlar uchun kaltsiy silikat plitalari faol ishlatilmoqda.
Zamonaviy qurilishda ishlatiladigan issiqlik saqlovchi materiallar, bir tomondan, ekologik jihatdan toza va boshqa tomondan foydalanish uchun qulaydir. Issiqlik saqlovchi materiallar oʼzining xarakteriga koʼra past issiqlik oʼtkazuvchanligi va past oʼrtacha zichligi bilan ajralib turadi. Maʼlumki, yildanyilga issiqlik saqlovchi materiallarga boʼlgan talab ortib bormoqda. Shu bois respublikamiz qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ushbu yoʼnalishda yangi quvvatlarni ishga tushu-rish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Respublikamizda silikat kompozit plitalar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bilan bogʼliq ishlar endi olib borilmoqda. Ammo Oʼzbekistonda bir qator silikat gʼisht ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Xorazm viloyatidagi “Urganch qurilish materiallari zavodi” va “Qoʼshkoʼpir silikat gʼisht zavodi” silikat gʼisht ishlab chiqarish korxonalarining umumiy yillik ishlab chiqarish quvvati 44 mln. donani tashkil etadi (talabga qarab ishlab chiqarishni kichik investitsiya hisobiga 70 mln donaga taʼminlash mumkin).
Bugungi kunda silikat gʼishtlarni ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish dara-jasi 10 foizdan oshmayapti, jumladan 2019-yilda 3,5 mln.dona, 2020 yilda 4,0 mln.dona ishlab chiqarilgan xolos.
Shuningdek, Nukus shahrida ham “Barxan silikat” MСhJda 1,8 mln dollar investitsiya hisobiga yillik quvvati 20 mln dona boʼlgan silikat gʼisht ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, “Urganch qurilish materiallari zavodi” MСhJda 1,5 mln dollar inve-stitsiya hisobiga yillik quvvati 30 ming tonna ohak ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Korxonada klaster usulida - ohak pishirish, qurilish qumini boyitish va yiliga ohak-qumdan 60 mln donagacha silikat gʼisht ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Silikat kompozit plita materiallari atrof – muhitga zararli taʼsir koʼrsatmaydi, chunki ishlab chiqarish paytida uskunalar atrof-muhitga ruxsat etilgan kontsentratsiya darajasidan oshib ketadigan zararli chiqindilar chiqarmaydi. Ushbu koʼrsatkichlar arxitektura va qurilishning zamonaviy rivojlangan davrida yangi binolarni qurish va mavjud binolarni rekonstruktsiya qilishda qurilish materiallari sifatiga talablarning oshishi bilan tavsiflanadi.
Bugungi kunda butun mamlakat boʼylab yangi sanoat inshootlari, turar joy binolari, maktablar, tibbiyot muassasalari, boshqa ijtimoiy va sport inshootlarini rekonstruktsiya qilish boʼyicha keng koʼlamli qurilish ishlari boshlandi va koʼp jihatdan respublikaning butun qurilish kompleksini samarali ishlashi uning qurilish materiallari, konstruktsiyalari hamda mahsulotlari bilan qanchalik taʼminlanishiga bogʼliq boʼlib kelmoqda. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarda ham sohada yaqin yillarda hal qilinishi kerak boʼlgan asosiy vazifa va topshiriqlar aniq koʼrsatilib kelinmoqda.
Buning uchun uy-joy va sanoat qurilishi boʼyicha milliy dasturlarning bajarilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni koʼpaytirish va yangi, zamonaviy materiallar hamda mahsulotlarning ichki bozorda ularga boʼlgan ehtiyojni qondirish uchun ularni ishlab chiqarishni kengaytirish boʼyicha ish olib borish zarur.
Silikat kompozit plitalar ishlab chiqarish investitsiya-larning istiqbolli yoʼnalishi hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda silikat kompozit plitalar ishlab chiqarish va uni sotish bozori oʼz rivojlanishining dastlabki bosqichida. Oʼzbekistonda silikat kompozit plitalaridan uy joy qurilishida foydalanish rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastligi, silikat kompozit plitalari ishlab chiqarish bozorining oʼsish koʼrsatkichlari istiqbolli ekanligini koʼrsatadi.
Plitalar mustahkamlangan matritsalarda kvarts qumi (40-50 foiz), kuydirilmagan oxak (40-50 foiz), kremnezyom, magniy oksid, natriy, alyuminiy va boshqa tabiiy komponentlarni qoliplash orqali tayyorlanadi.
Shunday qilib, u mutlaqo ekologik jihatdan qulay, allergiya qoʼzgʼatmaydi va qizdirilganda hid va toksik moddalarni chiqarmaydi. Ushbu koʼrsatkichlar orqali silikat kompozit plitalarni bemalol inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan qurilish materiali deb hisoblasak adashmagan boʼlamiz.
Silikat kompozit plitalari yuqori gʼovaklikka ega, juda yaxshi issiqlik izolyatsiya xusu-siyatlarini, shuningdek, ushbu turdagi qurilish materiallari uchun juda muhim boʼlgan kichik solishtirma ogʼirlikka ega qurilish materiali xisoblanadi.
Bundan tashqari, yuqorida taʼkidlab oʼtilgan koʼrsatkichlar katta oʼlchamdagi silikat kompozit plitalarni ishlab chiqarishga imkon beradi va shu bilan montaj ishlarini soddalashtiradi. Silikat kompozit plitalarning qalinligi

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling