Silikat (keramik, qoplama)


Kislotaga chidamli plitkalar


Download 27.79 Kb.
bet9/9
Sana09.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1469658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
silikat g\'ish

Kislotaga chidamli plitkalar - oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: chinnili kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksiyalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSh) va shamotli termokislotaga bardoshli (TKSh) kvadrat, toʼgʼri burchakli, ponasimon va qoʼshaloq shakllarda boʼladi.
Plitka uzunligi va eni 50-200, qalinligi 15-50 mm, suv shimuvchanligi 0,4-8 foiz, kislotaga bardoshligi 97-99 foiz, siqilishdagi mustahkamligi 10-15 MPa, egilishdagi mustahkamligi 10-40 MPa, sovuqqa chidamligi F15, F20 va termik bardoshligi 2-10 sikl. Plitkalar qurilish konstruksiyalarini kislota taʼsiridan himoyalashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar - tashqi va ichki tomonlari kislotaga bardoshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini oʼta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, oʼgʼitlar ishlab chiqarish, selluloza-qogʼoz sanoatida ishlatiladi.
Olovbardosh keramik materiallar - olovbardosh (1580-1770°C), olovbardoshligi yuqori (1770-2000°C) va olovbardoshligi oʼta yuqori (2000°C yuqori) turlarga boʼlinadi. Ularga gʼisht, blok, plita va fason elementlari kiradi. Olovbardosh materiallar mineral tarkibiga koʼra qumtuproqli, alumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli boʼladi.
Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida tayyorlanadi. Olovbardoshligi 1710-1750°C, siqilishga mustahkamligi 15-35 MPa. Ular sanoat xumdonlari (marten, koks, cement) ichini qoplashda ishlatiladi.
Alumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610 - 1710°C, siqilishga mustahkamligi kamida 10 MPa, koks, shisha eritadigan xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi. Shamotli olovbardosh buyumlar olovbardosh gil va shamot asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1710-1730 °C, siqilishdagi mustahkamligi 10-12,5 MPa.
Ular domna, keramika xumdonlari, bugʼ qozonlari ichini qoplashda ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45 foiz ortiq A12O3 boʼlgan xomashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning olovbardoshligi 1770-2000 °C boʼlib, shisha eritish xumdonlari qurilishida va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. www.arxiv.uz

  2. www.wikipedia.org

  3. www.fayillar.org

  4. www.tovar.uz

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling