Silikat (keramik, qoplama)
Maxsus keramik materiallar va buyumlar
Download 27.79 Kb.
|
silikat g\'ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cherepitsa turlari.
- Kanalizatsiya va drenaj quvurlari
Maxsus keramik materiallar va buyumlar
Cherepitsa. Cherepitsalarning oson eriydigan gillardan, pazli shtamplangan, pazli tasmasimon, yassi tasmasimon va konussimon turlari ishlab chiqariladi (3.5-rasm). Cherepitsa ishlab chiqarishdagi jarayonlar keramika texnologiyasi singaridir. Cherepitsa tombop mustahkam, atmosfera muhitiga chidamli, olovga bardoshli material boʼlib, 300 yilgacha xizmat qiladi. Cherepitsa massasining kattaligi, tomga oʼrnatish nishabining yuqoriligi (30 foiz kam emas), tomga yopish jarayonida qoʼl mehnatining koʼpligi uning kamchiligi hisoblanadi. Cherepitsa tomda biri ikkinchisining ustiga chok bostirib qoʼyilgani uchun foydali yuzasi 50-85 foiz tashkil etadi. Cherepitsaning suv shimgandagi massasi 50-60 kg/m2 boʼlishi mumkin. Sovuqqa chidamliligi esa F 25 dan kam boʼlmasligi shart. Cherepitsa, asosan, turar-joy, maʼmuriy va qishloq xoʼjalik binolari tomlarini yopishda ishlatiladi. Cherepitsa Yevropa mamlakatlari qurilish tizimida koʼp tarqalgan, hozirgi kunda cherepitsa Oʼzbekistonda ishlab chiqarilmoqda va qurilishda ishlatilmoqda. Cherepitsa turlari. Sanitariya-texnika buyumlari - umivalnik, unitaz, bide, rakovina, pissuar, yuvish bachoklari va shu kabilar chinni, yarim chinni, fayans va shamotlangan massalardan tayyorlanadi. Ular xomashyosini kaolin, oq gil, dala shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, eruvchan shisha va soda turli miqdorda tashkil etadi. Buyumlar oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi hamda pishiriladi. Buyumlar gips qoliplari quyma usulda olinadi. Kanalizatsiya va drenaj quvurlari - oqava, zax, yomgʼir, chiqindi suvlarni oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya quvurlari plastik qiyin eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi. Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000 - 1500, ichki diametri 150-600 mm. Bir tomoni quvurlarni biriktirish maqsadida rastrub holda yasaladi. Uning suv shimuvchanligi 8 foiz kam boʼlishi, kislotaga bardoshligi 93 foiz, suv oʼtkazmasligi shart. Drenaj quvurlari oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida olinadi. Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab chiqariladi, shoʼrlangan yerlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi. Uzunligi 500 mm. gacha ichki diametri 50-250 mm. Klinkerli gʼisht-gillar toʼla pishirib olinadi. oʼlchamlari 220x110x65mm. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga koʼra 3 markaga - 1000, 700 va 400 boʼlinadi, suv shimuvchanligi 2-6 foiz, sovuqqa chidamligi F50-F100. Klinkerli gʼisht yoʼl va koʼprik-kanalizatsiya, kollektorlarni qoplashda ishlatiladi. Kislotaga chidamli gʼisht oliy ya birinchi kategoriyalarda A, В va D klasslarda tayyorlanadi. Gʼisht shakl jihatidantoʼgʼri burchakli, ponasimon, radial va fason turlarga boʼlinadi. Gʼishtning o ʼlchamlari 230x113x65 va 230x113x55 mm. Gʼishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa, kislotaga bardoshligi 96-98,5 foiz va termik bardoshligi 5-25 sikl. Gʼisht qurilish konstruksiyalami kislota muhitidan himoyalashda ishlatiladi. Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling