Silikat (keramik, qoplama)


Kovakli gʼisht va toshlar


Download 27.79 Kb.
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1469658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
silikat g\'ish

Kovakli gʼisht va toshlar.
Qoplama keramik buyumlar
Binolar fasadiga qoplanadigan buyumlar. Bu maqsadda pardozlangan gʼisht va toshlar, yirik oʼlchamli plitalar, fasad plitalari va gilamnusxa keramika ishlatiladi.
Pardoz gʼisht va toshlar - binolami bezashdan tashqari, yuk koʼtarish maqsadida oddiy gʼisht bilan qoʼshib teriladi. Pardoz gʼisht va toshlar oddiylaridan rangining tozaligi bilan farqlanadi. Ularning rangi oʼq qizildan to och sariq ranggacha boʼladi. Pardoz gʼisht va toshlar toʼliq va kovakli, har xil faktura yuzali boʼladi. Fakturali gʼisht va tosh yuzasini angoblash, glazurlash, rangli minerallami sepish usulida olinadi. Gʼisht va toshlami pishirishdan avval, maxsus metall moslamalar vositasida timab relyefli yuza hosil qiladi. Ular fasadlaming tashqi qatorlariga, vestibullar, yoʼlaklar va boshqa xonalaming ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi.
Binolami bunday usulda pardozlash mehnat sarfini kamaytiradi.
Yirik fasadbop keramik plitalar - rangli va rangsiz, tekis va gʼadir-budur yoki riflangan, glazurlangan va sirlanmagan turlarda ishlab chiqariladi. Uzunligi 490, 990, 1190, eni 490 va 990 va qalinligi 9-10 mm. tayyorlanadi. Plitalaming suv shimuvchanligi 1 foiz kam, sovuqqa chidamliligi F 50 yuqori boʼlishi kerak.
Fasadbop keramik plitatar plastik va yarim quruq presslash usullarida tayyorlanadi. Fasad plitalari glazurlangan va sirlanmagan, silliq va relyef yuzali holda 26 tipda 292x192x9 mm. dan 21x21x4 mm. gacha va boshqa oʼlchamlarda ishlab chiqariladi. Plitalaming suv shimuvchanligi 5 va 7-10 foiz, sovuqqa chidamligi F35 va F50. Plitalar gʼishtli binolarni, temirbeton panellami, sokollaming tashqi tomonini, yer osti yoʼlaklarini bezashda ishlatiladi.

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling