Silikat (keramik, qoplama)


ISHLAB СHIQARISH TEXNOLOGIYALARI


Download 27.79 Kb.
bet4/9
Sana09.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1469658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
silikat g\'ish

ISHLAB СHIQARISH TEXNOLOGIYALARI
Silikat kompozit plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha bosqichlarni oʼz ichiga qamrab oladi. Mahsulot ishlab chiqarish bosqichlarining har bir jarayonida qatʼiy sifat nazoratini oʼtkazish talab etiladi. Bu esa tayyor mahsulotning sifatli va xavfsiz boʼlishini taʼminlaydi. Demak, silikat kompozit plitalar ishlab chiqarish texnologiyasining qisqacha tavsif qilamiz:
1. Qorishmani tayyorlash. Kvarts qumi avtomatik ravishda oʼlchash moslamalari orqali mikserga kerakli nisbatda beriladi va yaxshilab aralashtiriladi. Keyin kerakli nisbatda suv beriladi va barchasi yaxshilab aralashtiriladi. Namlik sensori suv oqimini toʼgʼri nisbatda avtomatik ravishda boshqaradi. Keyin bunkerdan kuydirilmagan ohak va boshqa komponentlar avtomatik ravishda kerakli nisbatda beriladi. Va barcha tarkibiy qismlar mikserda yaxshilab aralashtiriladi, soʼngra bu tayyorlangan qorishma konveer boʼylab bunker reaktorga beriladi.
2. Silikat aralashmasini tayyorlash. Bunkerga kiradigan qorishma u yerda 2 soatgacha saqlanib qoladi. Ohak gidratsiyasi: suv molekulalarini ohak molekulalariga biriktirish, natijada gidratlangan ohak paydo boʼladi. Ohakni soʼndirishda issiqlik chiqariladi va silikat aralashmasi 90 darajaga qadar isitiladi.
3. Silikat aralashmasini qoliplashga tayyorlash. Bunkerdan pastki konveyer boʼylab silikat aralashmasi avtomatik ravishda beton aralashtirgichi-ga quyiladi, u yerda u qoʼshimcha ravishda yaxshilab aralashtiriladi va xom silikat kompozitni shakllantirish uchun zarur boʼlgan silikat aralashmasining namlik miqdoriga qadar namlanadi. Silikat aralashmasining harorati 50 darajada boʼladi. Namlik sensori suv miqdorini avtomatik ravishda sozlaydi. Har bir xom ashyo yaxshilab aralashtiriladi va keyingi bosqichga uzatiladi.
4. Qoliplash. Ushbu bosqichda silikat aralashma 275 kg/sm2 bosim ostida qoliplanadi. Qoliplangandan soʼng avtomatik tarzda 8 yoki 16 donadan qilib aravachalarga joylashtiradi. Keyin aravalar avtomatik ravishda avtoklavlarga yetkazib beriladi.
5. Xom plitani avtoklavga avtomatik yetkazib berish liniyasi.
Etkazib berish liniyasi boʼylab xom plitalar yuklangan avtoklav aravachasi avtomatik ravishda qoliplangan silikat kompozit plitalarni yetkazib beradi va kerakli avtoklav oldida toʼxtaydi. Aylanadigan stol avtomatik ravishda avtoklav aravachasini 90 darajaga buriladi. Soʼngra maxsus qurilma avtomatik ravishda avtoklav aravasini avtoklavga kiritadi.
6. Avtoklavlash. Silikat kompozit plitalarni shakllantirishning asosiy texnologik jarayoni avtoklavda sodir boʼladi. 140-150 minut ichida avtoklavdagi bosim asta-sekin 1,1-1,3 MPa ga koʼtariladi va harorat 165-185 °С ga tenglashadi.
-Belgilangan rejimda 6,5-8 soat davomida ushlab turiladi.
-Jarayonning yakuniy bosqichida bosimning atmosfera qiymati 85-95 minut ichida bosqichma-bosqich pasayadi.
Faqat belgilangan shartlar bajarilgandan keyingina avtoklav ochiladi va tayyor silikat kompozit plitalar saqlashga yuboriladi. Kameradan chiqarilgandan soʼng darhol olingan mahsulotning sifatini toʼliq nazorat qilish kerak.

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling