Silikat (keramik, qoplama)
Download 27.79 Kb.
|
silikat g\'ish
7. Saqlash. Avtoklavdan chiqqan silikat kompozit plitalar plyonka bilan oʼraladi. Vaqtincha saqlash uchun omborlarga yuboriladi.
Silikat gʼisht va silikat-beton mahsulotlari Devorbop keramik buyumlar Devorbop keramikaga oddiy keramik gʼisht, turli effektiv keramik materiallar (kovakli, g ʼovakli va kovakli-gʼovakli gʼishtlar, yengil, kovakli keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o ʼlchamli bloklar va gʼisht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi. Keramik gʼishtlar va toshlar. Keramik gʼisht va toshlar oson eriydigan gillar hamda qoʼshimchalar qoʼshilgan gillar asosida tayyorlanadi va asosan bino, inshootlar tashqi hamda ichki devorlarini qurishda ishlatiladi. Gʼisht va keramik toshlar oMchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: oddiy gʼisht 250x120x65 mm (3.3, arasm), modulli 250x120x88 mm. (3.3-brasm), yirik 288x 138x65 mm (3.3, d rasm), oddiy tosh 250x 120x 138 mm. (3.3-rasm e), yirik tosh 250x138x138 mm ( 3 .3 ,/rasm), modulli tosh 250x250x 138 mm (3.3, g rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar 250x250x 120 mm va 250x250x80 mm (3.3, h, irasmlar). Gʼishtlarda oʼlchamlardan chetga chiqish uzunligi boʼyicha 5 mm, eni boʼyicha 4 mm. va qalinligi boʼyicha 3 mm. gacha ruxsat etiladi. Gʼisht va tosh normal pishirilgan boʼlishi kerak. Yetarli darajada kuydirilmasa (alvon rangli) mustahkamligi past, suvga va sovuqqa chidamli boʼlmaydi, oʼta pishgan gʼisht va tosh esa juda zich, mustahkam, lekin issiq oʼtkazuvchanligi yuqori boʼladi. Keramik gʼisht va toshlarning tashqi nuqsonlari quyidagicha izohlanadi: o ʼlchamlardagi o ʼzgarishlar, qirra va qovurgʼalarining notekisligi, uchganligi, darzlar va h.k. Nuqsonli gʼishtlar umumiy gʼishtlar sonining 5 foiz qismidan oshmasligi kerak. Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi boʼyicha gʼisht quyidagi markalarga boʼlinadi: 75; 100; 125; 150; 175; 200 va 300. Gʼisht va toshlarning sovuqqa chidamliligi F 15, F 25, F 35 va F 50 sikl boʼladi. Suv shimuvchanligi 150 markadagi toʼliq gʼisht uchun 8 foizdan kam emas, yuqori markadagi toʼliq gʼishtlar uchun 6 foizdan kam boʼlmasligi shart. Gʼisht va toshlarning issiqlik oʼtkazuvchanlik koeffltsiyenti 0,71-0,82 W/(m.°C). Gʼisht va toshlar quruq holda oʼrtacha zichligi boʼyicha 3 guruhga boʼlinadi: - Oddiy - oʼrtacha zichligi 1600 kg/m3 gacha; - Shartli - effektiv - o ʼrtacha zichligi 1400-1600 kg/m3 gacha; - Effektiv - oʼrtacha zichligi 1400-1450 kg/m3 gacha. Gʼisht va toshlarning kovaklari yuzaga nisbatan parallel yoki perpendikulyar, ikkala yoki bir tomoni ochiq boʼladi. Ochiq silindrik kovaklaming diametri 16 mm. gacha, tirqishsimon kovaklarning eni 12 mm. gacha boʼladi. Effektiv gʼisht va toshlarning ishlatilishi tashqi devor qalinligini (material sarfini) 40 foizga kamaytiradi. Zavoddan isteʼmolchiga yuborilayotgan gʼisht partiyasi pasportida gʼishtning turi, oʼrtacha zichligi, sovuqqa chidamliligi va bu koʼrsatkichlar aniqlangan Davlat standard (RSt) koʼrsatiladi.Oddiy va modulli toʼliq plastik presslangan gʼishtlar ichki va tashqi devorlar, sokol va poydevorlar, pollar qurilishida ishlatiladi. Yarim quruq usulda olingan toʼliq gʼisht va kovakli gʼishtlar sokol va poydevorlaming doimo suv tegib turadigan qismida ishlatilmaydi. Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling