Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Umurtqalar birikishi.Umurtqa pog’onasida harakatlar.Fiziologik egriliklar


Download 96.41 Kb.
bet17/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

27.Umurtqalar birikishi.Umurtqa pog’onasida harakatlar.Fiziologik egriliklar.
Umurtqalarning o'zaro birikishi misolida uzluksiz va uzlukli birikish shakllarini ko'rsatish mumkin. Filogenezda umurtqalar avval biriktiruvchi to'qima vositasida birikkan bo'lganligidan uzluksiz birikish sindesmoz holati umurtqa o'simtalari orasidagi biriktiruvchi to'qima sifatida saqlanib qolgan. Filogenezni keyingi bosqichida umurtqalar o'zaro tog'ay moddasi vositasida birlashganligidan ularning tanalari orasidagi tog'ay moddasi sifatida saqlanib, bu sinxondroz holatiga misol bo'la oladi. Umurtqalarning birikishida sinostoz holatini ham uchratish mumkun. Sinostoz holatini dumg'aza umurtqalarining o'zaro qo'shilib dumg'aza suyagini hosil bo'lishida ko'rishimiz mumkin.
I. Art.atlantoaxialis lateralis - kombinirlangan bo'g'im bo'lib, I umurtqaning ostki bo'g'im yuzalari bilan, II bo'yin umurtqasining ustki bo'g'im yuzalari orasida joylashadi.
II. Art. atlantoaxialis mediana - I umurtqaning oldingi yoyidagi fovea dentis chuqurchasi bilan, II umurtqaning tishsimon o'simtalari orasida hosil bo'ladi. I va II bo'yin umurtqalari orasidagi bo'g'imda vertikal o'q atrofida burilish harakatlari bajariladi.
Umurtqa pog'anasida quyidagi harakatlar bajariladi:
__frontal sath bo'ylab: oldinga bukilish va yozilish harakatlari bajariladi;
__sagital sath bo‘ylab: o‘ng va chap tarafga harakatlar bajariladi;
__vertikal sath atrofida aylana harakatlar bajarilishi mumkin
V bel umurqasi va dumg‘aza suyagi orasida - articulatio lumbasacraiis bo'g'imi hosil bo'lib, chanoq suyagining qanotlaridan yo'nalgan lig.iliolumbale boylami vositasida mustahkamlanadi. Dumg'aza va dum suyaklari orasidagi bo'g'im - articulatio sacrococcygea deb ataladi. Bu bo'g'im qo'yidagi boylamlar bilan mustahkamlangan bo'ladi:

28.Ko’krak qafasi suyaklari birlashuvi.Bo’g’imlari,bog’lamlari.
Tog‘ay vositasida birlashish - synchondrosis thoracis quyidagilardan tashkil topgan:
__synchondrosis coctosternalis - to‘sh suyagi bilan qovurg'alarning birikishi;
__synchondrosis costae primae - birinchi qovurg'aning to'sh suyagi bilan birikishi;
__synchondrosis sternalis - to'sh suyagi qismlarining tog'ay vositasida birikishi;
__ symphysis xiphosternalis - xanjarsimon o'simtaning yarim harakatchan birlashuvi;
__ symphysis manubriosternalis - to'sh suyagi qo'ndog'i va tanasi orasidagi yarim harakatchan birikish. Bu sohadagi birikish tog'ay vositasida bo'lsa - symphysis manubriosternalis deb ataladi.
Ko'krak qafasi bo'g'imlari - articulationes thoracis:
__ Qovurg'alarning to'sh suyagiga birikishi natijasida articulationes sternocostales bo'g'imi hosil bo'ladi. Bu bo'g'imni faqat yuqoridagi 7 ta qovurg'a hosil qiladi. Ular shakl jihatidan yassi bo'g'imlar guruhiga kiradi. Bo'g'im kapsulasining oldingi va orqa yuzasi bo'ylab ligg.sternocostalia radiata boylami joylashgan bo'ladi.
Qovurg'alarning ko'krak umurtqalari bilan birikish sohasida ikkita bo'g'im hosil bo'ladi.
__art. capitis costae - qovurg'a boshchasidagi bo'g'im yuzasi bilan ko'krak umurtqalaridagi qovurg'a o'ymalari orasida hosil bo'ladi. I, XI, XIl qovurg'alar bo'g'im hosil qilishda bittadan umurtqa tanasiga birlashadi. Qolgan qovurg'alar boshchasi ikkitadan umurtqa tanasi bilan qo'shiladi. Ikki umurtqaga birikish sohasida bo'g'im ichida lig.capitis costae intraarticulare boylami joylashgan bo'ladi. Bu boylam qovurg'a boshchasidagi qirra - crista capitis costae dan umurtqalaridagi qovurg'a o'ymalari orasida hosil bo'ladi. I, XI, XIl qovurg'alar bo'g'im hosil qilishda bittadan umurtqa tanasiga birlashadi. Qolgan qovurg'alar boshchasi ikkitadan umurtqa tanasi bilan qo'shiladi. Ikki umurtqaga birikish sohasida bo'g'im ichida lig.capitis costae intraarticulare boylami joylashgan bo'ladi. Bu boylam qovurg'a boshchasidagi qirra - crista capitis costae dan
__ art.costotransversariae - bo'g'imi: qovurg'alarning tuberculum costae do'mbog'i sohasidagi bo'g'im yuzasi bilan, ko'krak umurtqalari ko'ndalang o'simtalaridagi bo'g'im yuzasi orasida hosil bo'ladi. Bu bo'g'im yetim qovurg'alar (XI, XII) sohasida bo'lmaydi. Bo'g'im kapsulasining tashqi yuzasida lig.costotransversarium boylami joylashgan bo'ladi.
To'sh-qovurg'a bo'g'imining boylamlari:
__ lig.sternocostale intraarticulare - bo'g'im ichida joylashadi:
__ lig.sternocostalia radiate - shu'lasimon shaklda bo'lib bo'g'im tashqarisida joylashadi
__ membrana sterni - tashqi boylamlarning qo'shilishidan hosil bo'ladi;
__ lig.costoxiphoidea - to'sh suyagining xanjarsimon o'simtasi va qovurg'alar orasida joylashgan bo'ladi. Yolg'on qovurg'alarning tog'ay qismlari orasida hosil bo'ladigan bo'g'imlar - articulationes interchondrales deb ataladi

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling