Ayollar Qayiqsimon Tuflisini Loyihalashda Grafik Nusxalash Usuli
Download 1.02 Mb.
|
Ayollar Qayiqsimon Tuflisini Loyihalashda Grafik Nusxalash Usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz Uchun Rahmat
Ayollar Qayiqsimon Tuflisini Loyihalashda Grafik Nusxalash UsuliArt By: Najmidinov JahongirDavlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o’zining ―O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risidagi №PF-4947 sonli Farmonidagi 3-qism - iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarida ta‘kidlaganidek, ―milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish kerak.Shuning uchun, agar Siz raqobatbardosh mutaxassis bo’lishni istasangiz, Siz zamonaviy texnologiyalaridan foydlalanish ko’nikmalariga ega bo’lishingiz kerak. Insoniyat paydo bo’lgan vaqtdan beri poyabzal bor. Poyabzal odamning oyoq panjasi va shu bilan birga butun inson tanasini tashqi muhit ta‘siridan himoya qilish vazifasini bajaradi. Odam paydo bo’lgan birinchi davrlarda, ular hayvon terisini yoki daraxt po’stlog’ini oyoq panjalariga ildiz, ichak yoki teri tasmasi bilan bog’lab yurishgan. Bu davrdagi poyabzallar juda oddiy ko’rinish (konstruksiya)da bo’lgan. Har xil sharoit va geografik kenglikda yashayotgan xalq ob-havo sharoitiga qarab turli xil poyabzallarni kiygan Poyabzal asosan, satx (yuza) va tag-charmdan iborat. Satx boʻlaklari ipli chok bilan biriktirilsa, tanovar (charm, gazlama, sunʼiy charm zagotovka) hosil boʻladi. Tagcharmga charm, rezina, plastmassacharm, yogʻoch ishlatiladi. Tagcharm boʻlaklari poshna, patak, naboyka va boshqa shaklda qoʻdda (tigʻ bilan) yoki maxsus presslarda kesiladi. Sunʼiy charm boʻlaklari poyabzal korxonasiga tayyor holda keltiriladi. Poyabzal tikish texnologiyasi: materialni bichish, boʻlaklarni biriktirishga tayyorlash.tanovorni tikish va biriktirish, unga shakl berish, tagcharmni satxga biriktirish va tayyor poyabzalni pardozlash, tanovorni qolipga tortish va patak biriktirish (mixlab, yelimlab va ipli chok bilan) ishlari maxsus mashinalarda bajariladi. Tagcharmni tanovorga biriktirishning mexanik, rantli, sandal, yarim sandal, yelimlash va boshqa usullari bor. Poyabzal mustahkamligi va tashqi koʻrinishi koʻp jihatdan biriktirish sifatiga bogʻliq. Tanovorga tagcharm biriktirilgandan soʻng mahkamlash mashinasida poshna qoqiladi. Poyabzalga zarur shakl berish uchun ishlatiladigan moslama (press) qolip deb ataladi. Qolip, asosan, old va orqa qismlardan iborat. Tanovorni qolipga tortish paytida bu qismlarni bir-biriga yaqinlashtirib va bir-biridan uzoqlashtirib, zarur oʻlchamga keltirish mumkish. Qolip yogʻoch, metall yoki plastmassadan yasaladi. Tayyor poyabzalni pardozlash ishlari ham, asosan, maxsus mashinalarda bajariladi. Ayrim ishlargina qoʻlda qilinadi. Umuman, poyabzal tikishda 120 ga yaqin mashina va moslamalar qoʻllaniladi. Poyabzal oʻlchami (nomeri) patakning shtixlar (1 shtix — 2/3 kiyem), santimetrlar yoki dyuymlarda oʻlchanadigan uzunligini bildiradi. Oʻzbekistonda, asosan, san-timetrli sistema qoʻllaniladi. Poyabzal oʻlchamlari boʻyicha (santimetrlarda oʻlchanganda) chaqaloqlarga (7 — 14), bogʻcha yoshidagilarga (14,5—17,5), bolalarga (18—25), ayollarga (22—28), erkaklarga (25,5—31,5) moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda Poyabzal tikish hunarmandchilikning muhim turi boʻlib, uni qoʻlda tikish hozir ham keng koʻlamda saqlanib qolgan.E’tiboringiz Uchun RahmatDownload 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling