Yuzalar turlari Uzatmalar Ularning turlari


Download 13.41 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi13.41 Kb.
#1778602
  1   2   3   4
Bog'liq
Uzatmalar-fayllar.org


Uzatmalar

BOSHLANG'ICH SINFLARDA PERIMETR VA YUZA TUSHUNCHALARI
REJA:


  1. Yuzalar turlari


  2. Uzatmalar


  3. Ularning turlari


  4. Yuzalarning g‘adir-budirligi to‘g‘risida umumiy tushuncha.


  5. Yuzalarning g‘adir-budirlik parametrlari va xarakteristkalari.


  6. Perimetr haqida tushuncha



Yuza
Geometrik figuraning o’lchamining ifodalovchi kattalik yuza deb ataladi. Geometrik fuguralarning yuzlarini aniqlash - end qadimgi amaliy masalalaridan biri. Uni yechishga to’g’ri yondashuv osongina topilgan emas. Masalan, qadimgi bobilliklar ixtiyoriy to’rtburchakning yuzalari uning qarama-qarshi tomonlari yarim yig’indilarining ko’paytmasiga teng deb olishgan. Bu formulaning noto’g’riligi ravshan: jumladan, bu formuladan tomonlari teng bo’lgan barcha romblarning yuzasi bir xilligi kelib chiqadi. Biroq rombning yuzasi uning uchidagi burchakga bog’liq ekanligi ochiq-oydin. Ammo, qadimgi yunonlar ko’pburchaklarning yuzasini to’g’ri topa bilishgan.

Romb
G’isht teruvchilar uyning to’g’ri to’rtburchak shaklidagi devorining yuzasini aniqlamoqchi bo’lishsa uning uzunligi va balandligini ko’paytirishadi. Geometriyada qabul qilingan ta’rif quyidagicha: to’g’ri to’rtburchakning yuzasi uning qo’shni tomonlarining ko’paytmasiga teng. Bu ikkala tomon ayni bir o’lchov birligida ifodalangan bo’lishi kerak. Shunda ularning ko’paytmasi to’g’ri to’rtburchakning mos kvadrat birliklarda ifodalangan yuzasini tashkil qiladi.


To’g’ri to’rtburchak
Bir necha figuradan tuzilgan figuraning yuzasi uni tashkil qiluvchi figuralar boshqacharoq joylashtirilgani bilan o’zgarmaydi. Shu sababli, to’g’ri to’rtbutchak yuzasining formulasiga asosan boshqa figuralar yuzasi uchun formulalar topish mumkin. Masalan, uchburchak unga tengdosh to’g’ri to’rtburchak yasash mumkin bo’lgan bo’laklarga ajratiladi. Natijada uchburchakning yuzasi unins asosi bilan balandligi ko’paytmasining yarimiga tengligi kelib chiqadi.


Download 13.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling